Description of the technologies for forming critical thinking in students in the process of teaching


Download 357.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana20.06.2023
Hajmi357.51 Kb.
#1627010
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Guzalkhon TAJIBOYEVA

birinchidan, innovatsion texnologiyalarda oʻquvchi shaxsini rivojlantiruvchi 
ta’limni amalga oshirish imkoniyati mavjud; 
ikkinchidan, innovatsion texnologiyalar oʻquvchilarni tanqidiy fikrlashni 
rivojlantirish jarayoniga tizimli faoliyatli yondashuvni taqozo etadi; 
uchinchidan, innovatsion texnologiya oʻqituvchini ta’lim-tarbiya jarayonining 
maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon natijasini nazorat 
qilishgacha boʻlgan texnologik tizimni oldindan loyihalashtirishni taqozo etadi; 
toʻrtinchidan, innovatsion texnologiya yangi ta’lim vositalari va axborot 
vositalarini qoʻllashga asoslanganligi sababli, ular ta’lim sifatini oshirishni ta’minlaydi. 
Har qanday innovatsion texnologiyaning oʻquv-tarbiya jarayonida muvaffaqiyatlt 
qoʻllanilishi shaxsiy tavsifga ega boʻlib, oʻquvchini kim oʻqitayotganligi va oʻqituvchi 
kimni tarbiyalayotganiga bogʻliq. Innovatsion texnologiyalar asosida oʻtkaziladigan 
darslar oʻquvchilarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga oʻz munosabatlarini 
bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni mustaqil va tanqidiy fikrlashga, oʻz nuqtai 
nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 03 (2023) / ISSN 2181-1415 
72 
Mamlakatimizda buyuk kelajak bunyodkorlari boʻlgan oʻquvchi-yoshlarni har 
tomonlama rivojlangan, aqlan yetuk va barkamol, ma’nan mukammal, tashabbuskor, 
yuksak tafakkur egasi hamda Vatan manfaati va taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan 
chinakam fuqarolar sifatida tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada 
Yurtboshimizning yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy 
salohiyatga ega, dunyo miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada boʻsh 
kelmaydigan insonlar boʻlib, kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz va 
jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz [1], degan soʻzlari 
dasturilamal boʻlib xizmat qiladi. 
Bugungi kunda davlat va jamiyat zamonaviy ta’lim oldiga: innovatsion pedagogik 
texnologiyalar vositasida oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlari va mustaqil oʻquv-bilish 
faoliyatlarini maqsadga muvofiq rivojlantirib borish vazifasini qoʻymoqda.
An’anaviy ta’lim uchun xarakterli boʻlgan reproduktiv metodlar oʻquvchilarning 
mustaqil bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish funktsiyasini bajara olmaydi, chunki 
reproduktiv oʻzlashtirish ongli ravishda tushunib yodlab olingan ma’lumotlarni esga 
tushirish bilan cheklanadigan, faqatgina xotirani rivojlantiradigan jarayondir. 
Yu.K.Babanskiy ta’kidlaganidek, tafakkurning reproduktivlik xarakteri oʻqituvchi yoki 
boshqa manba orqali xabar qilinadigan oʻquv axborotlarini aktiv idrok qilinishi va eslab 
qolinishini nazarda tutadi [2]. 
Reproduktiv metodlarning asosi aksariyat oʻqitishning ogʻzaki, amaliy va 
koʻrgazmali metodlardan iborat boʻladi. Bunda oʻqituvchi tomonidan oʻzlashtiriladigan 
bilimlar ogʻzaki tarzda bayon qilinadi; oʻquvchilar olgan ma’lumotlarini yozib oladilar; 
reproduktiv xarakterdagi amaliy toshiriqlar esa namunaga tayanib yoki mavjud 
bilimlarga tayangan holda bajariladi.
Biroq reproduktiv ta’lim metodlarini qoʻllash natijasida oʻzlashtirilgan muayyan 
hajmdagi bilim va malakalar oʻquvchilarning mustaqil bilishi va ijodiy qobiliyatlarini 
rivojlantirish imkoniga ega boʻlmay qoldi. Vaholanki, XXI asrda dunyo miqyosida oʻquvchi 
shaxsini shakllantirish komponentlari orasida mustaqil, ijodiy va tanqidiy fikrlash 
koʻnikmasini rivojlantirish, oʻquvchilarni har qanday voqea-hodisalarni tanqidiy 
baholashga oʻrgatish dolzarb muammoga aylandi. 
Tanqidiy fikrlashga negizida ma’lumotlarni tahlil qilish, xulosalar chiqarish, har 
qanday masala boʻyicha oʻzining mustaqil fikriga ega boʻlish hamda unga muvofiq 
harakat qilishga undaydigan muhim koʻnikma hisoblanadi. Tanqidiy fikrlash insonning 
dunyoqarashini kengaytiradi, atrof-voqelikdagi hodisalarning mohiyatini mantiqan toʻgʻri 
anglab yetishga yordam beradi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻquv materiallarini puxta oʻzlashtirishlari va uy 
vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlari ularning tanqidiy fikrlay olishlari, axborot oqimida 
tezkor qarorlar qabul qilish koʻnikma va malakalarini egallashlariga bogʻliqdir.
Shunday ekan, oʻquvchilarni tanqidiy fikrlashga oʻrgatish qaysi ta’lim metodlari 
vositasida amalga oshirilishi mumkin? Bu savolga pedagogikada avvallari ta’lim 
jarayonida oʻquvchilar bilish faoliyatida e’tiborga olinmagan qiziqish va emotsional 
kechinmalar bilan bogʻliq boʻlgan muammoli vaziyatlarni anglash va oʻqituvchi 
rahbarligida mustaqil hal qilish imkonini beruvchi muammoli ta’limdan foydalanish 
zarurligi eng toʻgʻri javoblardan biri boʻldi.
Chunki muammoli ta’limda bilimning deyarli katta qismi oʻquvchilarga tayyor 
holda berilmaydi, balki oʻquvchilarga tavsiya etiladigan muammoli vaziyat sharoitlarida 
mustaqil bilish jarayonida egallab olinishi ta’minlanadi. 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 03 (2023) / ISSN 2181-1415 
73 
Didaktika tarixida muammoli oʻqitish gʻoyasiga oʻtgan asrning 60-yillaridan 
boshlab jiddiy e’tibor qaratila boshlandi. N.N. Skatkin va I.Ya. Lernerlar tushuntirish-
illyustrativ, reprodkutiv, muammoli bayon qilish, evristik va tadqiqotchilik metodlarini, 
M.I. Maxmutov, A.M. Matyushkin, T.V. Kudryavtsevlar muammoli-izlanish metodlarini 
tadqiq qilishga e’tibor qaratdilar. 
Muammoli ta’lim bu – mantqiy fikrlash jarayoni (tahlil, umumlashtirish va shu 
kabi) va oʻquvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga 
qiziqish, ehtiyoj va shu kabi) hisobga olgan holda tuzilgan ta’lim va oʻqitishning ilgar 
ma’lum boʻlgan usullarini qoʻllanish qoidalarining yangi tizimidir [3]. 
Muammoli ta’lim bilishga oid vazifalarni oʻquvchilar oldiga izchil va maqsadga 
qaratilgan holda qoʻyishni nazarda tutadi, oʻquvchilar bevosita oʻqituvchi rahbarligida 
muammoni hal qilish orqali yangi bilimlarni faol va mustaqil oʻzlashtirishga erishadilar. 
Muammoli ta’limning asosini muammoli vaziyatlar tashkil etadi. Bilish 
vazifalarining qoʻyilishida muammoli savollar yetakchi oʻrinni egallaydi. Bilishga doir 
savollar oʻquvchilar uchun muayyan darajada qiyinroq boʻlishi, ulardagi mavjud 
bilimlarning cheklanganligini koʻrsatishi va shu bilan birgalikda, oʻquvchilar bajara 
oladigan boʻlishi, ya’ni idrok va tafakkur uygʻunligida nazariy bilimlarning zahirasiga 
bogʻliqligini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ma’lumki, oʻqitishning har qanday negizida inson faoliyatining muayyan 
qonuniyatlari, shaxs rivoji va ular asosidada shakllangan pedagogik fanning tamoyillari 
va qoidalari yotadi. Oʻquvchining bilish faoliyati jarayonni mantiqiy bilish ziddiyatlarini 
hal qilishda ob’ektiv qonuniyatlari didaktik tamoyillarga tayanadi. Oʻqitishning hozirgi 
jarayoni tahlili psixolog va pedagoglarning fikrlash muammoli vaziyat, kutilgan hayrat va 
mahliyo boʻlishdan boshlanadi, degan xulosalari haqiqatga yaqin ekanligini koʻrsatadi. 
Muammoli ta’limning asosiy shartlaridan biri, bilish vazifasining oʻquvchilarda 
qiziqish uygʻota olishidir. Bu shart ayniqsa past oʻzlashtiruvchi oʻquvchilarni faollashtirish 
maqsadini koʻzlaydi. Qiziqishning paydo boʻlishi shaxs bilish faoliyatining barcha 
jihatlariga ijobiy ta’sir koʻrsatadi, uni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtaradi. Chunki 
xotira, tafakkur, idrok, diqqat, tasavvur, xayol bilish jarayonlari faollashganda bilimlarni 
yanada mustahkam va kengroq egallash uchun imkoniyatlar yuzaga kela boshlaydi.
Tanqidiy fikrlay olish shaxsning muhim sifatlaridan biri boʻlib, bunda shaxs 
mantiqan toʻgʻri mushohada qila olish, mustaqil xulosa chiqarish va qarorlar qabul qilish 
malaka va koʻnikmalarini egallab boradi. 
Oʻquv muammosi uch tarkibiy qismni oʻz ichiga oladi:
a) ma’lum (berilgan vazifa asosida); 
b) noma’lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi); 
v) avvalgi bilimlar (oʻquvchilar tajribasi). Ular noma’lumni topishga yoʻnalgan 
qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo oʻquvchiga noma’lum boʻlgan 
oʻquv muammosi vazifa qilib belgilanadi va bunda uning bajarilish usullari hamda natijasi 
ham noma’lum boʻladi, lekin oʻquvchilar oʻzlarida mavjud avval egallangan bilim va 
koʻnikmalarga asoslanib turib kutilgan natija yoki yechilish yoʻlini izlaydilar. 
Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiluvchi muammoli 
vaziyatni tashkil qilishda quyidagi didaktik maqsadlarni hisobga olish zarur: oʻquv 
materialiga oʻquvchilar diqqatini jalb qilish, ularning bilishga boʻlgan qiziqishini 
uygʻotish, oʻquvchilarning bilish faoliyatini jonlantirish, ularda intellektual zoʻriqishni 
yuzaga keltirish, oʻquvchilar tomonidan egallangan hozirgi bilim, malaka va koʻnikmalar 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 03 (2023) / ISSN 2181-1415 
74 
kelajakda yuzaga keladigan bilishga boʻlgan talablarini qondira olmasligini koʻrsata 
bilish, oʻquvchilarga oʻquv muammolariii tahlil qilishga, uning yechimlarini topishning 
eng ratsional yoʻllarni aniqlashda yordam berish kerak. 
Boshlangʻich sinflarda “Tarbiya” fanini oʻqitishda muammoli ta’limdan foydalanish 
orqali oʻquvchilarda mustaqil va tanqidiy fikrlash hamda ijodiy qobiliyatlarni 
rivojlantirish, tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, 
intellektual salohiyatni yuzaga chiqarish imkoniyatlari yaratiladi. 
4-sinfda oʻtiladigan “Bilim – tengsiz xazina” deb nomlangan mavzuni oʻtishda 
“Bilimlarni puxta egallash inson hayotida qanday rol oʻynaydi?” degan muammoli savol 
bilan boshlash mumkin. Bunda oʻquvchilar yoshlikdan bilimlarni puxta egallashning 
zarurligigi, muhimligini “Muammo” metodi asosida tahlil qiladilar.
Muammo: “Agar inson yoshlikdan bilimlarni puxta egallamasa, qanday 
muammolarga duch kelishi mumkin?” 

Download 357.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling