Description of the technologies for forming critical thinking in students in the process of teaching


Download 357.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana20.06.2023
Hajmi357.51 Kb.
#1627010
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Guzalkhon TAJIBOYEVA

Muammo 
Muammoning kelib 
chiqish sabablari 
Oqibatlari 
Muammoning oldini olish 
chora-tadbirlari (echimlar) 
Bunda oʻquvchilar jadvalning “Muammo” deb nomlangan qismiga oʻz farazlarini 
yozib chiqadilar, farazlarni isbotlash uchun muammoning kelib chiqish sabablari va 
oqibatlari haqida bosh qotiradilar, soʻngra muammoni oldini olish yoki bartaraf etish 
yuzasidan oʻz yechimlarini taklif qiladilar. Oʻquvchilar jadvalni mustaqil ravishda 
toʻldiradilar, bilimlarni egallashning inson hayotidagi oʻrni va ahamiyatini tanqidiy 
fikrlash orqali oʻz xulosalari bilan baholashga harakat qiladilar.
3-sinflarda oʻtiladigan “Vaqting ketdi – baxting ketdi” (8-9) mavzusi yuzasidan 
oʻquvchilarga “Mening kun tartibim” mavzusida uyga vazifa berish va topshiriq “Esse” 
yozish tartibida bajarilishi tushuntiriladi. “Esse”da oʻquvchilarni biror faoliyat bilan band 
boʻlish va boʻsh vaqtlarini qanday oʻtkazishlari haqida yozib keladilar.
Muhokamada kimlar kun tartibiga rioya qilishi, kimlar rioya qilmasligi haqida soʻz 
yuritiladi. Oʻqituvchi oʻquvchilarga kun tartibidan oʻrin olishi zarur boʻlgan faoliyatlar 
haqida (uy vazifasini bajarish; badiiy kitob oʻqish; oʻquv kurslari yoki sport seksiyalariga 
qatnashish; uy yumushlaridagi yordam berish (qiz va oʻgʻil bolalarning oiladagi mehnati); 
televizor koʻrish; shaxsiy buyumlari va kiyim-boshlarini tartibga keltirish va h.k.) 
ma’lumot beradi. Oʻqituvchining ma’lumotiga qarab oʻquvchilar oʻzlarining kun tartibiga 
rioya qilishlari yoki rioya qilmasliklarini tanqidiy baholaydilar.
Bunda oʻquvchilar oʻz hayot tarzlariga, kunlik vaqni toʻgʻri rejalashtirish muhimligiga 
ahamiyat berishadi va vaqtdan unumli foydalanish zarurligini anglab yetadilar. 
Xulosa qilib aytganda, muammoli ta’lim texnologiyasi oʻquvchilarda mustaqillik, 
tashabbuskorlik, mas’uliyatlilik, javobgarlikni his qilish, mantiqiy va tanqidiy fikrlash 
kabi sifatlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Bunda oʻquvchi ta’lim tizimiga 
moslashtirilmaydi, balki oʻquvchining individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda 
rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratiladi. Bunda oʻquvchining oʻzini-oʻzi rivojlantirish, 
mustaqil oʻqib-oʻrganish, oʻzligini namoyon qilish, faollik koʻrsatish asnosida tushunish, 
mushohada qilish, mustaqil holda sinab koʻrish, muammo yuzasidan oʻzining yangi 
gʻoyalari va fikrlarini bildirish, muammoning yechimi boʻyicha oʻz farazlarlarini ilgari 
surish, ijodiy va tanqidiy fikrlash uchun shart-sharoitlar yaratiladi. 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 03 (2023) / ISSN 2181-1415 
75 
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim texnologiyasi bola shaxsini butun bir ta’lim tizimining 
markaziga qoʻyadi va unga tabiatan berilgan oʻz qobiliyatini roʻyobga chiqarishi uchun 
har tomonlama qulay, xavfsiz, erkin shart-sharoit yaratadi. 
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim bu tabiiy tizim hisoblanib, oʻquvchining noyob shaxsiy 
rivojlanishi, uning oʻziga hos qobiliyatlarini va psixologik yoʻnalishlarini hisobga olgan 
holda shakllantiriladi. Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim texnologiyasi insoniylik falsafasi, 
psixologiyasi va pedagogikasining uygʻunligini namoyish etadi.
Pedagogning diqqat markazida oʻzining maksimal imkoniyatlarini ishga solib bilim 
olishga intilayotgan, yangi tajriba-sinovlarni qabul qila oladigan va hayotning har xil 
holatlarida mustaqil,ongli va mas’uliyat bilan qaror qabul qilishga qodir boʻlgan butun bir 
noyob bolaning shaxsi turmogʻi lozim.
Oʻquvchiga ijtimoiy me’yorlar asosida bilim beruvchi an’anaviy pedagogik 
texnologiyalardan farqli oʻlaroq shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim texnologiyasida yuqorida 
qayd qilingan yoʻnalish(sifat)larni shaxs tomonidan zabt etilishi tarbiyaning asosiy 
maqsadi qilib qoʻyiladi. Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim oʻquvchi shaxsidagi mustaqillik, 
tashabbuskorlik, javobgarlikni his etish, tanqidiy fikrlash kabi sifatlarini tarbiyalaydi.
Shundagina, har qanday oʻquvchi oʻziga xos takrorlanmas tabiati, xarakter 
xususiyatini faollashtirishga, namoyish qilishga intiladi. Oʻqituvchi dars jarayonida 
oʻquvchilar tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiluvchi usullar (muammoli-izlanish, 
tadqiqot, dialog, evristik suhbat, munozara, guruhlarda ishlash) dan foydalanib, shunday 
shart-sharoitlarni tarkib toptirishi lozimki, natijada oʻquvchi uchun dastlab neytral 
boʻlgan ob’ekt kutilmaganda sub’ektiv hususiyat kasb etsin.
Buning uchun “Tarbiya” fani oʻquv materiallari mazmuni oʻqituvchi tomonida 
oʻquvchini qiziqtiradigan, uning shaxsiy tajribasiga mos keladigan, fikrlashga 
undaydigan, ijodiy yondoshgan holda qayta ishlanadi. SHaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim oʻquv 
jarayonini loyihalashning oʻziga xos tomonlarini hisobga olishni, ya’ni oʻquvchi shaxsi 
modeliga avvaldan belgilab qoʻyilgan talablardan yiroq boʻlishni taqozo etadi.
Ijtimoiy shakllanish jarayonlarining shaxsga boʻlgan ta’sirini hisobga olgan holda 
ta’lim jarayonida har bir oʻquvchi oʻzini yoshlik davri nashidasini sezishi, balogʻat davrida 
erkin, mustaqil, ijodkor va har tomonlama barkamol inson boʻlib oʻsishini hisobga olish 
zarur omillardan biridir. 
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’limda pedagogik jarayon shaxsda belgilangan sifatlarning 
shakllanishiga qaratiladi. Pedagogik jarayon bu belgilangan maqsadga erishish hamda 
shaxsning xususiyat va sifatlarini ijobiy tomonga oʻzgartirishga qaratilgan tarbiyachi va 
tarbiyalanuvchi oʻrtasidagi aniq bir muddat va ma’lum tarbiyaviy tizimda maxsus tashkil 
etilgan oʻzaro munosabatdir 
Agar tarbiya jarayoni tushunchasi maqsadga yoʻnaltirilgan shaxsga ma’lum 
sifatlarni shakllanish ta’sirini amalga oshirishga qaratilgan harakat boʻlsa, pedagogik 
jarayon tushunchasi oldindan tashkil etilgan tarbiyaning oʻzaro ta’sir tizimini bildiradi. 
Bunday ish turida ta’lim jarayonining vazifalari:
– oʻquvchilarni bilim olish faoliyatini kuchaytirish;
– bilim olish faoliyatini takomillashtirish;
– fikrlash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish;
– dialektik-dunyoqarash va insonparvar-estetik madaniyatini shakllantirish;
– ta’lim(tarbiya) malakalarini takomillashtirishdan iborat boʻladi. 


Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations 
Special Issue – 03 (2023) / ISSN 2181-1415 
76 
Shaxsga 
yoʻnaltirilgan 
jarayonni 
oʻquvchilarda 
tanqidiy 
fikrlashni 
shakllantirishning didaktik ta’minotini ishlab chiqishda quyidagi asosiy talablarga rioya 
etish maqsadga muvofiqdir:
– oʻquv materiali oʻquvchining oʻziga xos tajribasini namoyon qilishga va avval 
oʻzlashtirgan bilimlarini qamrab olgan holda tuzish;
– darslikdagi oʻquv materialining bayoni (oʻqituvchi tomonidan) nafaqat hajmini 
kengaytirish, yaxlitlash, mazmunini umumlashtirish balki har bir oʻquvchining shaxsiy 
tajribasini oʻzgartirishga qaratilgan boʻlishi;
– oʻqitish jarayonida oʻquvchi tajribasini doimo berilayotgan bilimlarning ilmiy 
mazmuni bilan muvofiqlashtirib borish;
– oʻquvchi bilim olish jarayonida oʻzining bilimini oshirishga, rivojlantirishga, 
mustaqil va tanqidiy fikrlarini ifodalashga imkoniyat yaratish;.
– oʻquv jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, oʻquvchi vazifalarni bajarish 
tartibini oʻzi tanlay olish imkoniga ega boʻlishi;
– oʻquvchilarni mustaqil ishlashga va oʻzi uchun oʻquv materialini oʻzlashtirishi 
qulay boʻlgan usullardan foydalanishga imkon yaratish;
– oʻquv materiallarini bajarishga umumiy tushunchalar berishda «Tarbiya» 
fanining oʻziga xos tomonlarini shaxsning rivojlanishidagi vazifalarini ajratib koʻrsatish;
– oʻquvchilarning nafaqat erishgan natijalarini, balki oʻqish jarayonini, 
oʻquvchilarning oʻquv materialini oʻzlashtirish vaqtida bajarayotgan faoliyatlarini, 
tanqidiy fikrlashga munosabatlarini nazorat qilish va baholab borish. 

Download 357.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling