Deshifrovka tushunchasi


Qadimgi Misr epigrafikasini o’qib chiqishga xissa qo’shgan olimlar va ularning xizmatlari


Download 48.9 Kb.
bet2/19
Sana04.04.2023
Hajmi48.9 Kb.
#1328780
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
22 talik

2.Qadimgi Misr epigrafikasini o’qib chiqishga xissa qo’shgan olimlar va ularning xizmatlari

Rus olimi V. S. Golenishchev 1888-89 yilning qishida Mirsga sayoxat qiladi. Mana shu sayoxat davomida u mil. avv. 3 ming yillik oxiriga oid Axmimdagi yozma va tasvir yodgorliklari haqida tadqiqot olib boradi. Uning u erda olib borgan tadqiqotlaridan yodgorlik sifatida olib kelgan yodgorlik buyumlari 1911 yildan buyon A.S. Pushkin muzeyida saqlanadi. Bu quyi Misrdan topilgan yodgorlik asosan bir harbiy raxbarning qabr toshidagi Yozuvlar haqidadir. Bu qabr tosh taxtadan tayyorlagan qalinligi 2 mm dan 3,5 mm gacha, eni 10-20 sm gacha, ba`zi joylari 30-60 sm. taxta yodgorlikning uzunligi 1m 80 sm. qabr tosh cho`l yulg`unidan tayyorlangan. SHu yulg`undan aloxida taxta mixlar hozirlangan va shu mixlar yordamida qabr tosh devoriga qoqilgan. Taxtadagi Yozuv ierogliflar va zangori rangda berilgan. Olim taxtachani tekshira-yotib bir so`zni ifodalovchi ikki xil ieroglifga e`tibor bergan. YA`ni qadimgi Misr omochini ikki shakli ayni bir so`z “sevmoq” ni ifodalagan. Biz yuqorida aytganimizdek Msrda uch xil Yozuv bo`lgan. Ieroglif, demotik, ieratik. Ana shu misol Yozuv uch turining isbotidir. Taxtachda jangchi so`zi qurol ushlab turgan odam qiyofasida berilgan. Harbiy boshliq esa qurol ushlab yurib ketayotgan jangchi sifatida ko`rsatilgan.


Endi Axmimdagi qabrtosh haqida . Qabrtosh taxtachaning qopqog`i – bu taxtacha har biri qalinligi 3 mm bo`lgan kyodr faneridan tayyorlangan. Qopqochani uzunligi 196,5 sm, eni 44,7 sm, qalinligi 7,8 sm. bu taxtacha yaxshi saqlangan bo`lib, Yozuv ostidan va ustidan oq chiziqlar tortilgan. Bu oq chiziqning Yozuvdan uzoqligi 0,9 sm dir. Ieroglif qatorning balandligi esa 7 sm. qabr toshidagi Yozuvlar quyidagilardir.
“Podsho va Anubis, Sp.Xokimi xudo ibodatxonasiga boshchilik qiluvchi, iltifot qiluvchi va chaqiruvchi, dunyoga ajoyib bir xokimlik qilish uchun jo`natilgan, qabristonda o`zining maqbarasi bor, u xudoning oldida haqiqiy podshox, osmon xokimi.”
Ko`ndalang kesilgan taxta fragmenti.
Bu fragmentning kengligi 4,5 sm, balandligi (qanchalik saqlanib qolgan bo`lsa shuncha) 29,8 sm qalinligi taxminan 5 sm, oxiri emirilgan bo`lib 3,2 sm tashkil etadi. Fanerlarning qalinligi 1,2-3,5 mm ni tashkil etadi.
Birinchi qatordagi Yozuv quyidagicha
1)“Podsho va Osiris, Busiris shaxrining xokimi, g`arbiy tomonga boshchilik qiladigan, Obidos shaxrining xokimi, xayr exsonli, tota bayrami, xudoning ajoyib bayrami, Knyaz, Harbiy qo`mondon, saroy boshqaruvchsisi spsj-pw-mnw”/
2) Wdztj ko`z rasmi, bundagi Yozuv quyidagicha: “Knyaz, quyi Misr xazinachisi, podshoning yagona do`sti, saroy boshqaruvchisi, Harbiy qo`mondon spsj”
3) 5 ta idishdan iborat fragmentda esa asosan masalliq nomlari ko`rsatilgan.
4) bu bo`lim 2 qatorli ierogliflardan iborat, qator asosida paqircha shaklidagi idish mavjud
Demak bu qabr tosh Misr fir`avni Harbiy qo`mondoni Anubisga tegishlidir. YOdgorlik asli o`tgan asr oxirida V.S. Gole-nishev tomonidan YUqori Misrdan, ya`ni Axmimdan topilgan va hozirda A.S. Pushkin nomli davlat san`at muzeyida saqlanmoqda. Bu yodgorlik orqali biz Harbiy qo`mondonlar ham yuksak mavqega ega bo`lganligini bilib olamiz. Qabrtosh mil.avv. III ming yillik oxiriga, ya`ni birinchi o`tish davriga mansubdir.
1908 yili akademik N.P.Lixachev Kairlik antikvar Alidan qadimgi Misr sag`anasi tasviri tushirilgan fragment (relef) sotib oladi. Bu fragment 1938 yili Ermitaj muzeyiga qo`yilgan. Keyinchalik bu fragment ustida YU.YA. Perepelkin chuqur izlanish olib borgan. Olim bu yodgrolikni qadimgi Misrda 5 sulolaga tegishli ekanligi aniqladi. Perepeldkindan keyin bu yodgorlik ustida xech kim ish olib bormagan. Bu relefning eng baland joyi 170 sm, eni 145 sm. Relefda asosiy figura Osiris xudosidir. Relefda yangi yildan keyin birnchi kun nishonlanadigan Tota bayrami ham ko`rsatilgan. Bu bayram faqat V sulola vakillari tomonidan nishonlangan.
Xokim nomi relefda – nj+m.t.+ xudo ismi va nomi shaklida berilgan. Xokim va xudo ismlari ko`pincha buzilgan. Bu belgilardan oxirida qo`l va barmoqlaring chapga va vertikal xolatdagi belgisi mavjud. Bu balki xudoning nomidir. Bu belgi o`ng qo`lni barmoqlari uzatilgan xolatda tasvirlangan. Belgi asosan quyidagicha bildiradi. R`(w)/=/Pa Ra bu quyosh xudosidir. Relefda ra xudosi o`tirgan xolatda tasvirlangan. O`ng qo`li tizzalari uzra cho`zilgan. CHap qo`li esa qayrilgan xolatda ko`kragida turibdi. YUzi va parigi yaxshi tasvirlangan, hayvonlar esa shu qabrda yotgan odamga narigi dunyoda kerak bo`ladigan buyumlar edi. Ra xudosining ro`parasida hayvon parrandalar o`shlab turgan odam-larning tasviri berilgan.
Olimlarning orzulari ushaldi. Axir ular ierogliflarni o`qishga uzoq yillar urindilar va nixoyat bilingva “ikki tildagi” Yozuv; ieroglif va evropaliklarga tushunarli tildagi Yozuv topilsagina bu soxada muvaffaqiyatga qozonish mumkin, degan xulosaga keldilar. Bu erda esa bir yul, “Uch tildagi Yozuv” - trilingva topildi. Rozetta toshi dastlab Qoxiraga jo`natildi, keyinchalik Misrda Frantsiyaning mag`lubiyatidan keyin Britaniya muzeyiga kelib qolgan.
Qadimgi zamonlarda Misrdan Rimga sirtiga ierogliflar chizilgan yodgorlik toshlar olib kelishgan. XVII asrda iezuit A. Kirxer ana shu toshlarni o`rganishga kirishgan. U qanchalik qattiq urinmasin Misr ierogliflarini o`qiy olmaydi. U qadimgi Misr tilidan kelib chiqkan kopt tilini bilmasdan turib ierogliflarni o`qib bo`lmaydi degan xulosa chiqaradi.

Download 48.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling