Detali pokovkasini qizdirish
Payvandlash to’g’rilagichlari
Download 1.22 Mb. Pdf ko'rish
|
KONSTRUKSION POʻLATDAN TAYYORLANGAN BUTULKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-rasm.
Payvandlash to’g’rilagichlari. Payvandlash maqsadida o‘zgaruvchi tokni o‘zgarmas tokka aylantiruvchi apparatlarni payvandlash to‘g‘rilagichlari deyiladi. Ular pastlatuvchi transformatordan, to‘g‘rilovchi (diodli) blokdan, hamda sozlash, ishga tushirish va himoyalovchi qurilmalardan tashkil topgan bo‘ladi. Bunday konstruksiya transformatorga qaraganda ancha murakkab bo‘lishiga qaramasdan, payvandlash tokining va elektr yoyining chiqishdagi ko‘rsatkichlarini ancha turg‘unligini ta‗minlaydi. Oxir oqibatda payvand chokning sifati ham ancha yuqori bo‘ladi. To‘g‘rilagichlarning harid narxi ham transformatorlarnikidan uncha farq qilmaydi, ishonchliligi ham yuqori: amalda buzilib qoladigan xech narsasi yo‘q. To‘g‘rilagichlarning kamchiliklari ham transformatorlarnikidan uncha farq qilmaydi: og‘irligi, ishlatishning murakkabligi, payvandlash jarayonida tarmoqdagi kuchlanishning keskin pastlab turishi. 28 11-rasm. Zamonaviy tok to‘g‘rilagichi Inventorlar. Inventorlar payvandlash apparatlarining eng zamonaviy turi hisoblanadi. Oddiy payvandlash apparatlaridan asosiy farqi shundaki, kuchlanish transformatorlari tarmoqdagi 50Gs chastotali tokda ishlasa, payvandlash inventori yuqori chastotali tokda (bir necha o‘n kilogers) ishlaydi. Bunda kerakli energiyani uzatib berish uchun o‘lchami va massasi ancha kichik bo‘lgan transformator kerak bo‘ladi. Payvandlash esa, yuqori sifatli o‘zgarmas tokda bajariladi va u payvand chokning sifatini oshiradi. 160 A li payvandlash transformatori eng kamida 18 kg og‘irlikda bo‘lsa, 160 A li payvandlash inventorining kuchlanish transformatori atiga 300 gramm keladi va o‘lchami ham bir pachka sigaretchalik keladi. Inventor barcha elektron qismlari va korpusi bilan birga 3-7 kg ni tashkil etadi xolos. Inventor to‘g‘rilagichdan, tarmoq filtridan, o‘zgaruvchi kuchlanishni yuqori chastotali tokka o‘zgartirgichdan, payvandlash transformatoridan, yana bitta to‘g‘rilagichdan va boshqaruv tarmoq sxemasidan tashkil topgan bo‘ladi. Payvandlash inventorlari oddiy apparatlarga qaraganda payvandlash tokini sozlashning ancha keng diapazoniga ega. Bu ayniqsa ingichka elektrodlar bilan payvandlashda muhimdir. Inventorlarning yana bir afzalligi shundaki, payvandlash tokini sozlashda uning chiqishdagi ko‘rsatkichlarining qiymatlari ancha aniq va turg‘unligi yuqori bo‘lgani uchun ish rejimining eng maqbul qiymatlarini tanlashni soddalashtiradi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling