Detallar konstruksiyalarini chizish o`lchamlari va texnik talablarni o`rnatish reja


Download 70.68 Kb.
bet1/2
Sana01.11.2023
Hajmi70.68 Kb.
#1737452
  1   2
Bog'liq
DETALLAR KONSTRUKSIYALARINI CHIZISH O`LCHAMLARI VA TEXNIK TALABLARNI O`RNATISH


DETALLAR KONSTRUKSIYALARINI CHIZISH O`LCHAMLARI VA TEXNIK TALABLARNI O`RNATISH
REJA:

  1. Mashinasozlikda yarim mahsulotlarni va mashina detallarini ishlab chiqarish

  2. Texnologik jarayonlar

  3. Texnologik jarayonlarni tuzilishi va konstrukstion mustahkamligiga ta’sirini o’rganish

  4. Metall va materiallar

Odatda, uglerodlar pо‘latlar ishlab chiqarish usuliga qaytarilganlik darajasiga, ximiyaviy tarkibiga, sifatiga, ishlatilish joylariga va strukturasiga kо‘ra bir necha turga ajratiladi:
ishlab chiqarish usuliga kо‘rakonvertorlarda, marten va elektr pechlarda olingan pо‘latlar;
qaytarilganlik darajasiga kо‘ra – tо‘la qaytarilgan, qaytarilmagan va chala qaytarilgan pо‘latlar;
ximiyaviy tarkibiga kо‘ra – uglerodli va legirlangan pо‘lat­lar;
sifati jihatidan – oddiy sifatli, sifatli va yuqori sifatli pо‘latlar;
ishlatilish joyiga kо‘ra — konstruksion (qurilish va mashinasozlik), asbobsozlik va maxsus (korroziyabardosh, issiqqa chidamli va boshqalar) pо‘latlar;
strukturasiga kо‘raferritli, perlitli, ferrit-perlitli, perlit-ferritli va perlit-sementitli pо‘latlar.
Oddiy sifatli pо‘latlar «St» xarfi bilan belgilanib, quyidagi markalari mavjud : St 0, St 1, St 2kp, St 3kp, St 4kp, St 5, St 6.
Sifatli pо‘latlar- Konstruksion pulatlar markasidagi St harflari pо‘latlitini, raqamlar tartib nomerini bildiradi. Sonlar ortishi pо‘latdagi uglerod miqdorining ortishini bildiradi. Pо‘latning oksidlantirilganligini markasidagi indekslar bildiradi: sp-qaynamaydigan, kp- qaynaydigan, ps- qisman qaynaydigan.
Masalan, StZ markasidagi uglerod 0,22% gacha bо‘lsa St 6 da 0,49% gacha bо‘ladi.
Sifatli pо‘latlar markalaridagi ikki xonali sonlar yuzga bо‘linsa, shu markali pо‘lat tarkibidagi uglerodning о‘rtacha % miqdori kelib chiqadi. G xarfi esa Mp ning miqdori odatdagi pо‘latlardan ortiqroqligini bildiradi, Masalan, 10 kp markali pо‘lat tarkibida 0,1% uglerod borligini, kp indeks qaynaydiganligini, 20 G markasida esa pо‘lat tarkibida 0,2% uglerod borligini, Mp miqdori 0,8 dan 1,2% oraligida ekanligini kо‘rsatadi.
Shuni ham qayd etish zarurki, sifatli pо‘latlar о‘z tarkibidagi Mp miqdoriga kо‘ra ikki gruppaga ajratiladi: birinchi gruppadagi pо‘latlarda Mp kо‘pi bilan 0,8%; ikkinchi gruppadagi pо‘latlarda 1,2% gacha bо‘ladi.
GOST 1435—74 ga kо‘ra asbobsozlik pо‘latlari sifatli va yuqori sifatli xillarga ajratiladi. Markadagi U harfi uglerodli asbobsozlik pо‘latligini bildiradi, raqamlar unga bо‘linsa, pо‘lat tarkibidagi uglerodning foiz hisobidagi о‘rtacha miqdori chiqadi. Masalan, U10 markali pо‘latda uglerod о‘rtacha 1% bо‘ladi. Raqamdan keyingi A harfi esa pо‘latning tarkibida S, R yо‘q darajada bо‘lib, bu pо‘latlar yuqori sifatli asbobsozlik pо‘latlari ekanligini kо‘rsatadi. Masalan, U7 A pо‘lat tar­kibida S ≤0,02%, R≤0,03% bо‘ladi. Asbobsozlik pulatlarining markalari quyidagilar: U7, U7A, U8, U8A, U9, U9A, U10, U10A, U11, U13.


Legirlangan pо‘latlar va ularning klassifikatsiyasi
Asbobsozlik uglerodli pо‘latlarining issiqlikdan kengayish koeffitsiyentining kattaligi, yuqori temperaturali agressiv muhitlar ta’siriga bardoshsizligi, о‘ta qizuvchanligi, tez yeyilishi, shuningdek mashinasozlikning ayrim sohalari uchun maxsus xossali puxta, agressiv, muhitlarga chidamli pо‘latlarga zarurat tug‘diradi. Bu boradagi izlanishlar turli markali legirlangan pо‘latlarning yaratilishiga olib keldi.
Uglerodli pо‘latlar xossalarini yaxshilash maqsadida qо‘shiladigan elementlar- Cr, Ni, W va boshqalar legirlovchi elementlar deyiladi.
Pо‘latlar tarkibiga qaysi element kiritilsa, pо‘lat shunga qarab nomlanadi, masalan, pо‘lat tarkibiga Sr kiritilsa -xromli, Cr, Ni, Mo kiritilsa- xrom-nikel-molibdenli pо‘lat deb ataladi va hokazo.
Legirlangan pо‘latlarning markasiga va ishlatilish sohasiga qarab bu pо‘latlarda legirlovchi elementlarning xili va miqdori turlicha bо‘ladi, chunki pо‘lat tarkibidagi legirlovchi elementlar ularning xossalariga turlicha ta’sir etadi.
Masalan, Sr pо‘latning qattiq.ligini, mustahkamligini oshiribgina qolmay, uni yuqori temperaturalarda ham korroziyabardosh qiladi. Ni pо‘latning plastikligini oshiradi. Legirlovchi elementlar Fe, S va boshqa elementlar bilan oddiy, ya’ni SgS, MoS hamda murakkab (FeNi)4, (FeCr)7 S3 kabi birikmalar hosil qiladi. Legirlangan pо‘latlar ximiyaviy tarkibi, mikrostrukturasi va ishlatilish joyiga kо‘ra klassifikatsiyalanadi.
Legirlangan pо‘latlar ximiyaviy tarkibiga kо‘ra uch sinfga ajratiladi:
I-sinf pо‘latlari tarkibida legirlovchi elementlar miqdori 2,5% gacha bо‘lib, bu pо‘latlarga kam legirlangan; legirlov­chi elementlar miqdori 2,5-10% gacha bо‘lgan pо‘latlar II-sinfga kiritiladi. О‘rtacha legirlangan va legirlovchi elementlar miqdori 10% dan ortiq bо‘lsa III sinfga kirib, kо‘p legirlangan pо‘latlar deyiladi.
Strukturasi normallangandan sо‘ng ularga kо‘ra beshta sinfga, ya’ni perlitli, martensitli, austenitli, ferritli va karbidli (ledeburitli) pо‘latlarga ajratiladi.
Perlitli sinf pо‘latlarida legirlovchi elementlar miqdori odatda 5-6% dan ortmaydi. Bu pо‘latlar normallangandan keyii perlit (sorbit, troostit) strukturali bо‘ladi.
Kо‘pchilik konstruksion va asbobsozlik pо‘latlari perlit sinflarga kiradi.
Martensitli sinfdagi pо‘latlarda legirlovchi elementlar miqdori kо‘proq bо‘ladi. Bu pо‘lat strukturasi legirlangan mar­tensit va karbidlardan iborat bо‘ladi.
Austenitli sinfdagi pо‘latlarda legirlovchi elementlar miqdori -12- 30% va undan ortiq bо‘ladi. Strukturasi esa austenitdan ibo­rat bо‘ladi. Ferritli sinfdagi pо‘latlarda legirlovchi elementlar (Cr, W, Si) kо‘p bо‘lib, uglerodning miqdori kam bо‘lib, strukturasi ferrit va oz miqdorda karbidlardan iborat bо‘ladi.
Karbidli (ledeburitli) sinfdagi pо‘latlarda esa uglerod va kar­bid hosil qiluvchi elementlar (Cr, W, Mn, Ti, Zr) miqdori kо‘p bо‘ladi. Bu pо‘latlar strukturasi murakkab karbidlardan iborat bо‘­ladi.
Legirlangan pо‘latlarning yumshatilgan holatidagi strukturasiga kо‘ra ularni evtektoidgacha, evtektoid, evtektoiddan keyingi va ledeburit gruppalarga ajratiladi.
Legirlangan pо‘latlarni ishlatilishiga kо‘ra konstruksion, asbobsozlik va maxsus xossali pо‘latlarga ajratiladi. Legirlangan pо‘latlarning markalari quyidagilar: XV 4, X, 9XS, 4X5V2FS, 6 XVG, R6M5, R3M5, R3M5K6, R9M4K8.
Bu pо‘latlarni markalashda. ularniig tarkibiga kiruvchi legirlangan elementlar tegishli harflar bilan belgilanadi, masalan, xrom - X, nikel - N, marganets - G, azot - A, V- volfram, F - vanadiy, fosfor - P va hokazo. Bu harflardan keyin yozilgan raqamlar esa shu elementning foiz hisobidagi о‘rtacha miqdorini bildiradi. Masalan, 30XN3 markali pо‘latda 30 razami yuzga bо‘linsa, uning tarkibidagi uglerod miqdori aniqlanadi, ya’ni bu pо‘latda- 0,3% uglerod bor. X harfi ketidan raqam yozilmaganligi uchun bu pо‘latda 1,5% gacha Sr, N - harfidan keyin 3 razami borligi uchun 3% Ni bо‘ladi.
Legirlangan pо‘latning yuqori sifatli ekanligini kо‘rsatish uchun shu pо‘lat markasining oxiriga A harfi yoziladi. Masalan, 30XGSNA.
Maxsus pо‘latlarning markalari oldiga qо‘shimcha A, SH, R va boshqa harflar ham yoziladi. Masalan, A12, SHX15, R18 va hokazo. Avtomat pо‘latlari A harfi bilan, sharikli podshipnik pо‘latlari SH harfi bilan, tezkesar pо‘lat esa R harfi bilan belgilanadi. Avtomat pо‘latlari tarkibiga ma’lum miqdorda kiritilgan S, R lar pо‘latni katta tezlikda kesib ishlash imkoniyatini beradi. R esa pо‘latni murtlashtirib, qirindini sinuvchan qilib tekis yuza hosil qilishni tezlashtiradi.


CHо‘yanlarning klassifikatsiyasi
CHо‘yanlarning tarkibidagi uglerodning holatiga qarab, ular quyidagi gruppalarga bо‘linadi:

Download 70.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling