Detallar yuza g’adir-budirliklari bo’yicha yeyilmani aniqlash usullari


G`adir-budurlik ko’rsatkichlarini o’lchash usullari


Download 0.97 Mb.
bet3/9
Sana06.05.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1436249
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
detallar yuza gadir budirliklari boyicha yeyilmani aniqlash usullari

G`adir-budurlik ko’rsatkichlarini o’lchash usullari

Yuza g’adir-budurligi ko’rsatkichlarini paypaslovchi (shupovoy) va optik asboblar bilan aniqlanadi. Yuza g’adir-budurligini Rz (g’adir-budurlik-ning o’nta nuqtasi bo’yicha aniqlanadigan balandlik) parametr bo’yicha baholash uchun qo’shaloq optik mikroskop MIS – II qo’llanadi.


Bunda mikronotekisliklar yuzaga yorituvchi tubusdan (optik asboblardagi truba) qandaydir burchak ostida yo’naltirilayotgan yorug’lik polosasi (nur yo’li) bilan yoritiladi. Yorug’lik polosasi va mikronotekislik kesishgan chizig’i (liniya peresecheniya) kattalashtirilgan ko’rinishda vizual tubus (vizualniy tubus) orqali kuzatiladi. Mikronotekislik (Rz ning 80 dan 8mkm gacha qiymatlari uchun) okulyar mikromer bilan o’lchanadi yoki fotonasadka yordamida suratga olinadi. Almashtiriluvchi ob’ektivlar bilan 517 marotaba kattalashtirishga erishiladi. Bu usulning kamchiligi ko’p mexnat sarfidir.


G`adir-budurlik parametrlarini paypaslovchi profilometr va profilograf yordamida aniqlash usullari eng ko’p tarqalgan. Profilometr ishlashi





tekshirilayotgan yuzani to’mtoqlik radiusi kichik bo’lgan olmos igna bilan Paypaslash va induktiv usulda uning tebranishini kuchlanish tebranishiga

almashtirish negiziga asoslangan.


5.4-rasm. Paypaslovchi profilograf-profilometrning blok sxemasi.


Profilometrning ko’rsatuvchi asbobi shkalasida g’adir-budurlik Ra(g’adir-budurlikning o’rtacha arifmetik toyishi) bo’yicha beriladi. Yuza mikroprofilini profilogramma ko’rinishida yozish uchun profilograflar ishlatiladi.


5.4-rasmda “KALIBR” zavodining 201-modeldagi profilograf-profilometrining blok sxemasi keltirilgan.


Asbobning elektr qismi uzatuvchi (datchik), elektron blok 5 (ko’rsatuvchi asbob 6 bilan) va yozuvchi asbob 7 larni o’z ichiga oladi. Uzatuvchining magnit tizimi ikkita g’altak 2 bilan o’zak 9 dan iborat. Uzatuvchining g’altagi va transformator (5) ning birlamchi chulg’amining ikki bo’lagi generator (3) dan oziqlanuvchi balans ko’prigini tashkil qiladi. Uzatuvchi tekshirilayotgan yuzada xarakatlanganda olmos igna (1) yuza notekisligini (siypalab) paypaslab, yakor (10) ni o’q (8) ga nisbatan tebranma harakatlanishga olib keladi.


5.5-rasm. Profilograf-profilometrning umumiy ko’rinishi:

1 – karetkali stolcha;


2 – universal stolcha;


3 – patchik;


4 – motoyurgizgich;


5 – ko’rsatuvchi asboblar o’rnatilgan elektron blok;


6 – yozuvchi asbob.


Yakorning tebranishi yakor va o’zak orasidagi havo tirqishini o’zgartiradi va shu bilan transformator (4) ning chiqish kuchlanishi o’zgaradi. Hosil bo’lgan kuchlanish o’zgarishi elektron blok bilan kuchaytiriladi. Elektron blok yozuvchi yoki ko’rsatuvchi asbobga ulangan bo’ladi.


Ko’rsatuvchi asbob sifatida Ra parametr bo’yicha darajalangan o’zgarmas tok mikroampermetridan foydalaniladi.


Magnito-elektrik o’zgarmas tok milliampermetridan iborat yozuvchi asbobda yozuv elektrometrik diagramma qog’oziga elektrotermik usulida yoziladi. Profilograf – profilometrni umumiy ko’rinishi 5.5-rasmda ko’rsatilgan.


Profilografprofilometrni texnik tavsifi (xarakteristikasi)



Ra ni o’lchash chegaralari

2,5dan 0,020 gacha







Vertikal (tikkasiga)

1000, 2000, 4000, 10000,

kattalashtirish

20000, 40000, 100000 va 200000







Gorizontal (yotigiga)

2 dan 4000 gacha

kattalashtirish

(18 bosqich)







Siypalovchi ignaning




o’lchashdagi kuchi

0,001 N dan ortiq emas







Siypalovchi igna radiusi

0,002 mm







Siypalash trassasi (yo’li)ning eng




katta ishchi uzunligi

40 mm







Profilografni trassirovka tezligi

0 ,2 ; 1,0 va 10 mm/min







Yuza to’lqinsimonligini o’lchash maxsus moslama bilan ta’minlangan profilografda, shuningdek to’lqinsimonlikni o’lchash uchun maxsus asboblarda bajariladi.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling