Devoniy foniy
Download 135.5 Kb.
|
Devoniy foniy
Az avomi tirayi purhirsi dunyo dur bosh,
Gar hamexohi, ki gardad sad .mashaqqat az tu raf’ Dur budan beh zi g‘avg‘oi magas z-on ro‘, ki hast Behadat ranj az hujumash lek Ne imkoni naf’! Avom – omma. Qit’ada tilga olinayotgan avom – ong va idroki tiyra to‘da. Bu ayanch galaning qonida molu dunyo hirsi g‘alayon qiladi. Unga yaqinlashish ranj va mashaqqat tug‘diradi. “Agar yuz mashaqqatdan qutulishni xohlasang, mana shu vahshiy olomondan yiroq bo‘l”, – deb o‘git beradilar bobomiz. Bu – birinchi baytdagi gap. SHe’r tamsil usulida bitilgan. Misol uchun “magas” – pashsha obrazi tanlangan. Chunonchi: nafs hirsiga qul xaloyiq pashsha. Pashshaning g‘avg‘osidan biror naf’ bormi? Aksincha, uning hujumidan beadad ziyon yetadi, ma’nosiz g‘ing‘illashi-yu, xiraligidan kayfiyat buziladi. Nodon va gumrohlar ham shunaqa. Ulardan qancha uzoqlashilsa, ko‘ngil o‘shancha tinch va osuda! Chu olim az pai bolo nashastan, Ba har majlis ravad xush poy ko‘bon. Na olim, johilash don, on ki o‘ro Namoyad xush ba juz boloi xubon. Olimlik – eng baland ma’naviy-aqliy darajalardan. Ilm ahli bundan boshqa, deylikki, mansab yoki izzat-e’tibor balandligi uchun yelib-yugursa, bu endi olimlik emas, tubanlik, o‘ziga nisbatan zolimlikdir. Chin olim tanholikka moyilroq bo‘ladi, sokinlik xushlaydi, majlis va yig‘inlarda kimligini ko‘z-ko‘z qilavermaydi. Qolaversa, har qanday havoyi harakat, g‘ayritabiiy intilishidan olim kishi o‘z-o‘ziga malol orttiradi. Men olimlik unvonlariga ega ko‘p odamlarni bilaman. Lekin ular orasida tabiatan kamsuqum, “to‘rga” chiqishni o‘ylamaydiganlarini nihoyatda kam uchratganman. Bularni o‘ylaganda har doim Mir Alisher Navoiyning shu qit’asi esimga tushadi. Unda aytilishicha, agar olim to‘rdan joy egallash g‘arazida “har majlis”ga chopaversa, unga olimlik nomi ham, sharafi ham hayf. Chunki u johil. Uning “ilmi” jaholat. Bobomiz bunday kimsalarning fikriy qarashlarini yengiltak go‘zallarning tushunchalari bilan teng qo‘yadi. Sihat ar xohi makun mayli taom, To naboshad ishtihoi g‘olibat. Lek boyad dast az o‘ vaqti kashy, Ki ba xo‘rdan nafs boshad tolibat. Shayx Sa’diy yozadilar: xurosonlik ikki darvish safarga chiqishibdi. Ulardan biri zaif bo‘lib, ikkinchisi semiz va baquvvat ekan. Zaif kunora iftor qilar, hamrohi kunida uch mahal ovqatlanarkan. Ittifoqo, ularni bir shaharda josuslikda ayblashib, bitta xonaga qamab, eshikni loy bilan shuvab tashlashibdi. Oradan ikki hafta o‘tgach, ularning gunohsiz ekanliklari ma’lum bo‘libdi. Eshikni ochib qarashsa, haligi zaif tirik, baquvvat odam o‘lib yotganmish. Bu holdan ajablanishibdi. Shunda bir donishmand: “Agar bularning qismati aksincha bo‘lganidan, taajjublanishga odatlangani uchun sabr qilib o‘limdan omon qoldi”, – degan ekan. Qissadan hissa ma’nosida Shayx Sa’diy hikoyat oxirida to‘rt qatorli she’r keltirganlar. Ammo shu she’r o‘rniga Mir Alisher Navoiyning ushbu qit’asini ham qo‘yish mumkin. Chunki hazrat Navoiy ilgari surgan fikr Shayx Sa’diynikidan keskin farqlanmaydi. Ularning ikkalasida ham g‘oyaviy niyat bitta: “Ko‘p taom yeyish sog‘liqni yeydi. Nafsi g‘olib kimsa ajalga ertaroq mag‘lub bo‘ladi”. Ibn Sinoga nisbat berilgan mashhur hikmat bor: odam yeb-ichmoq uchun yashamaydi, yashash uchun yeb-ichadi. Ko‘ngil gushnaligi – fikrlashdan to‘xtash, ruhni boy berish, dardsizlik. Bedard odam odammi? Fikrsiz bandalarga bir nazar tashlang, ularning deyarli barchasi bir xilda loqayd. Bir zaylda horis. Mir Alisher Navoiy ruboiylaridan birida: “To‘qluq chu ko‘ngulni qattiq aylar, och o‘l”, deydilar. Mana, dili tosh, diydasi qotgan kimsalar qanday paydo bo‘ladi. Bulardan nima kutish mumkin? Yeb-ichish, uxlash, “turluk-turlik kiyish” va mol yig‘ish – ularning “iste’dod” maydoni shu. Hazrat Navoiy qit’asidagi ma’ni yuzaki qaralganda uncha chuqurmasday. “Sihat tilasang, ishtahang bo‘lmaganda og‘zingga ovqat tiqaverma. Lekin ishtahang bo‘lganda ham, meyorni unutma, qo‘ling va og‘zing qancha vaqtliroq tiyilsa, o‘shancha yaxshi”, deydi shoir. Ammo bu nasihatning zamirida: “Nafsingga xilof ish tut!” – degan mazmun borki, unga amal etish ma’naviy salomatlikni kuchaytiradi. Download 135.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling