Devunu lug’atit turkning tuzilishi


ATTUHFADA O’ZLASHMA QATLAM LEKSIKASI


Download 106.5 Kb.
bet3/8
Sana02.11.2023
Hajmi106.5 Kb.
#1740903
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-30 manzura

ATTUHFADA O’ZLASHMA QATLAM LEKSIKASI
Milodiy 1309–1310 yillarda yozilgan “Qisasi Rabgʻuziy” asarini kitobat olamining goʻzal, betakror bir obidasiga qiyos etgulik! Yozma yodgorlikda Odam Ato va Momo Havodan tortib, Muhammad Mustafogacha yashab oʻtgan paygʻambarlarning hayoti, ezgu oʻyu amallari hikmatlar, rivoyatlar orqali mohirona aks ettirilgan. Unda Sharq falsafasi bilan qadimiy milliy qadriyatlarimiz uygʻunlashib ketgan.
Qadimiy turkiy tilni oʻzida ifoda etgan bebaho durdona ikki kitobdan iboratdir. Sobiq sovetlar davrida hayoti va ijodi oʻrganilishi taqiqlangan allomaning ushbu asari Mustaqillik sharofati va tariximizga munosabat oʻzgarganligi tufayli darsliklardan oʻrin oldi. Masalan, 9-sinf adabiyoti majmuasiga Nosiruddin Burhonuddin Rabgʻuziy(oxirati obod boʻlsin)ning mashhur asarlaridan namunalar kiritilgani buning isbotidir. “Qisasi Rabgʻuziy” asari oʻzbek nasriy adabiyotining birinchi yirik namunasidir.
El orasida qadimdan mashhur boʻlgan bu asar “Paygʻambarlar qissasi” yoki “Avliyolar qissasi”deb ham yuritiladi. Zero, asarda Odam Atodan boshlanib, Muhammad alayhis-salomgacha oʻtgan barcha paygʻambarlar haqida zikr etiladi. Kitobda afsonaviy paygʻambarlar bilan birga paygʻambarlashtirilgan shaxslarga, jumladan, Luqmoni hakim, Iskandar Zulqarnaynga ham katta oʻrin berilgan.
GULUSTON BIT TURKIY
Bir sultonning uch o‘g‘li bor edi. Ikkisi uzun bo‘yli, sohibjamol dag‘i biri qisqa bo‘yli edi. Bir kun sulton bu qisqa bo‘yli o‘g‘lina haqorat ko‘zi bila boqti. O‘g‘lon farosat bilan bildi, dag‘i aytdi: «Ey ota, uzun bo‘yli ahmaqdan qisqa bo‘yli oqil yaxshiroq durur…
She’r
Bir oriq oqil odamiy aytti,
Bir semiz ablaha kelib qarshi.
Necha bo‘lsa zaif toziy it,
Bir tavila eshakdan ul yaxshi.
Bu latifa sultong‘a xush keldi, dag‘i kuldi, qarindoshlari eshitib malul bo‘ldi.
Hikoyat
No‘shiravoni odilga ovda kiyik shishladilar. Tuz yo‘q edi. Bir qul kentga bordikim, tuz keturgay. No‘shiravon anga aytti: «Tuzni qiymat bilan olgilkim, rasm qolib kent xarob bo‘lmasun». Ul qul aytti: «Bu qadar tuz olmoq bilan ne xalal kelgay?» Aytti: «Zulmning asosi avval oz edi. Har kim keldi mazid qildi, to bu g‘oyatqa yetti».

Download 106.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling