Diagnostikani amalga oshirishda tarbiyachining roli


Oriental Renaissance: Innovative


Download 266.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi266.7 Kb.
#1490363
1   2   3   4   5
Bog'liq
maktabgacha-ta-lim-tashkilotlarida-pedagogik-diagnostikani-amalga-oshirishda-tarbiyachining-roli

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4), April, 2023 
332 
Bugungi kunda psixologik pedagogik diagnostikaning o’rni, ahamiyati 
qanchalik katta ekanini hech kim inkor qilmaydi. Har qanday faoliyat zamirida ham 
amalga oshirilgan ishlarning pirovard maqsadi, vazifalari va kutilgan natijalari 
bo’ladi. Faoliyat natijalarini sarhisob qilish, amaliy xulosalar yasash, bo’sh yoki 
muvaffaqiyatli o’rinlarni belgilab olish – faoliyatning keyingi bosqichlarida uni 
hisobga olish pedagogik diagnostika deyiladi.
Pedagogik diagnostika ta’lim samaradorligi, ish mazmuni, olib borilgan 
pedagogik faoliyatni tahlil qilishda katta ahamiyatga ega bo’lib, maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida bu ish uslubi muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilmoqda, yutuqlar 
mustahkamlanib, yo’l qo’yilgan kamchilik va nuqsonlarni tahlil qilish asosida bosh 
strategik yo’nalishlar belgilab olinmoqda. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Ma’lumki, bolaning bilimi, malaka va ko’nikmalarini o’lchash va tashxislash 
pedagogik diagnostikaning vazifasidir. Mana shu maqsadni ro’yobga chiqarish yo’l-
yo’riqlari, metodik mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy etish muhim masalalardan 
biridir. Diagnostika maktabgacha ta’limga qo’yiladigan Davlat talablariga muvofiq, 
o’quv yilining o’rtasida va oxirida amalga oshiriladi.
Tarbiyachi - pedagoglar dasturning barcha bo’lim va yo’nalishlarida olib 
borilgan ishlarni muvaffaqiyatli bajarilishini baholaydi. Maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida faoliyat ko’rsatayotgan musiqa xodimlari, jismoniy tarbiya yo’riqchisi, 
defektolog, psixolog va boshqa mutaxasisslar o’z yo’nalishlari bo’yicha diagnostik 
tadqiqot olib boradilar. 
Pedagogika jarayonining mahsuldorligi pedagogning o‘z tarbiyachilarini yaxshi
bilishga, ta’lim va tarbiyaning xilma-xil metodlarini qo‘llashga bog‘liq harakat 
qiladilar. Bolalarning bunday holatlari chegara holatlari sifatida, psixik taraqqiyot 
kamchiligi sifatida shaxs aksentuatsiyasining turli ko‘rinishi sifatida tasniflanishi 
mumkin. Ularni aniqlash uchun bolalar psixologiyasi, klinik potopsixologiya va 
psixatriya kabi sohalardagi bilimlar talab qilinadi. Bundan tashqari tarbiyachiga 
qarovsizlik kabi muammolarni hal qilishga to‘g‘ri keladi. 
Zamonaviy pedagogik diagnostika bolalarning atrof-muhitga munosabatini 
baholash uchun bir qator metodikalardan foydalanishni, shu jumladan, guruhdagi 
o‘rtoqlariga nisbatan emotsional xayrixohlikni, bolalar jamoasining yetukligini va 
shular asosida mazkur guruhda tarbiya dasturlari tuzishni ko‘zda tutadi. Shunday 
qilib, tarbiyachi tomonidan mavjud metodikalar asosida bolalarni o‘rganish va 
metodik apparatning keyingi rivoji yagona maqsad emas, balki jamoa 
rivojlanishining omili hisoblanadi. Hozirgi sharoitda bolalar jamoasidagi o‘quv-
tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishning muhim yo‘li uni pedagogik diagnostika 



Download 266.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling