Diagnostikaning tashqi belgilari, parametrlar va
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.4 Diagnostikalash algoritmi
Diagnostik matritsa
Diagnostik parametrlar Kutilishi mumkin bo‘lgan nosozliklar X 1 X 2 X 3 X 4 X 5 S 1 S 2 S 3 S 4 1 0 1 0 0 1 0 1 0 0 1 1 0 1 1 0 1 0 0 1 1 – nosozlikning mavjudligi va uning kutilishi; 0 – nosozlikning yo‘qligi. 5.4 Diagnostikalash algoritmi Murakkab mexanizmlarni diagnostikalash ko‘pincha avtomatlashtirishni talab etadi va tegishli algoritm bo‘yicha olib boriladi. Diagnostikalash algoritmi orqali quyidagilar bajariladi: – obyektni test rejimiga olib chiqish; – birlamchi axborotga ishlov berish, ya’ni birinchi diagnoz qo‘yish; – talab etilsa, nosozlikning chuqurlashgan (elementar) o‘rnini aniqlash; – keyingi elementga o‘tish; Diagnostikalash algoritmi umum diagnostika algoritmidan, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bilan birga bajariladigan elementlar diagnostikasi algoritmlaridan tashkil topishi mumkin. Demak, diagnostikalash algoritmi deb 14 diagnoz qo‘yish, sozlash va ta’mirlash operatsiyalari maqbul ketma-ketligining tuzilmaviy tasviri aytiladi (5.3-rasm). Algoritm obyektning va diagnostika vositalarining xususiyatlarini nazarga olgan holda tuziladi va iqtisodiy mezon bo‘yicha boshqa variantlar bilan taqqoslab muqobillashtiriladi. Ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llash uchun algoritm asosida diagnostikalash xaritalari tuziladi. Ularda operatsiyalarning tartib soni, mehnat hajmi, ishlatiladigan jihoz va materiallar, ijrochilar, qaytarilish koeffitsientlari keltiriladi. Diagnostikalash algoritmi obyektning ishlash qobiliyatini aniqlash va nosozliklarni qidirish algoritmlari sintezidan tashkil topadi. Bu algoritmning vertikal shoxchasi–obyekt nosozligini ketma-ket qidiruvchi asosiy algoritm tizimidir. Yon tomon shoxchasi esa maxsus (elementar) algoritm bo‘yicha nosozlik qidirish boshlanishini ko‘rsatadi. Diagnostikalash algoritmi, o‘z navbatida, ikki natijadan iborat: "Ha" holatida yo‘nalish bo‘yicha pastga qarab navbatdagi qadam qo‘yiladi, "yo‘q" holatida – yon shoxcha bo‘ylab nosozlik qidiriladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling