Diagnostikaning tashqi belgilari, parametrlar va


 Diagnostik parametrlarning tasnifi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/15
Sana16.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1488587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
5.3 Diagnostik parametrlarning tasnifi 
Diagnostik parametrlar quyidagi alomatlari bo‘yicha tasniflanadi: 
1. Tashkil bo‘lish tamoyili bo‘yicha: 
a) ishchi jarayonlar parametrlari (quvvat, tormozlanish yo‘li va h.k.); 
b) birga sodir bo‘ladigan (hamroh) jarayonlar parametrlari – diagnostik 
obyektning texnik holati bo‘yicha chegaralangan axborot beradi (isish, tebranish, 
shovqin va h.k.);
d) geometrik parametrlar – mexanizm detallarining o‘zaro tuzilmaviy 
bog‘lanishini aniqlaydi (tirqishlar, erkin yurish va h.k.). 
2. Axborot turi bo‘yicha: 
a) keng axborotli (kompleks); 
b) tor axborotli (lokal). 
3. Yurgan yo‘li funksiyasi bo‘yicha: 
a) uzluksiz; 
b) uzlukli. 
4. Tuzilmaviy parametrning funksiyasi bo‘yicha: 
a) to‘g‘ri chiziqli: 
b
X
a
S




b) darajali:
b
X
a
S



d) hosilali:
)
x
(
'
f
S


5. Axborotning xarakteri, hajmi va o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha: 
a) ayrim diagnostik parametrlar boshqalariga bog‘liq bo‘lmagan holda 
obyektning nosozligini aniq ko‘rsatadi (masalan: obyektning podshipnigidagi 
lokallashgan shovqin yoki tebranishlar yeyilishning ko‘payganidan va tirqishning 
kattalashganidan darak beradi). 
b) umumiy diagnostik parametrlar – diagnostik obyektning texnik holatini 
bir butun tarzda baholaydi (masalan: berilgan yuklamadagi dvigatelning quvvati
transmissiya agregatlarining umumiy aylanma luftlari yig‘indisi va h. k.). Bunday 
parametrlar nosozlikni aniq ko‘rsatmaydi. 



c) o‘zaro bog‘liq diagnostik parametrlar obyekt nosozligini bir vaqtning 
o‘zida aniqlangan va o‘lchangan ko‘pgina parametrlar majmuyi orqali ifodalaydi. 
(Masalan: dvigatel kiritish klapanining zich yopilmasligi natijasida karburatordan 
tovush chiqishi va dvigatelning katta aylanishlar sonida bir maromda ishlamasligi). 
 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling