Dialektologik amaliyot jarayonida talabalarga tavsiya qilinayotgan savollar


XII. BELGI-XUSUSIYATNI BILDIRUVCHI SO‘ZLAR (SIFATLAR)


Download 79.94 Kb.
bet12/18
Sana27.08.2023
Hajmi79.94 Kb.
#1670500
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
Matyaqubova Oyshajon. material

XII. BELGI-XUSUSIYATNI BILDIRUVCHI SO‘ZLAR (SIFATLAR)
1. Odob-axloq normalariga rioya qilmaydigan kishilar.
2. Makkorlik bilan ish tutadigan, nopok ish tutadigan odam.
3. Birovning so‘ziga laqqa uchadigan quvlik-shumlikni bilmaydigan kishi.
4. Kishini aldashga, avrashga, laqillatishga usta kishi.
5. Ichkilikka berilgan aroqni ko‘p ichadigan kishi.
6. Amalni, rahbarlik qilishni yaxshi ko‘radigan odam.
7. Es-hushini ha deganda yig‘ib ololmaydigan, parishonxotir kishi.
8. Gapga ha deganda tushunib yetolmaydigan, hayron bo‘lib og‘zi ochilib, baqrayib qarab turadigan odam.
9. Bo‘lar- bo‘lmasga shikoyat qilib, arizalar berib, g‘avg‘o qo‘zg‘ab yuruvchi shaxs.
10. Aqliy jihatdan cheklangan, aqli kam odam.
11. O‘ziga zeb berishni, yasanishni, bezanishni yaxshi ko‘radigan odam.
12. Afti-basharasi xunuk odam.
13. Achchig‘i tez, jahli yomon kishi.
14. Har kimdan, har ishda gumon qiluvchi, har narsaga shubha bilan qarovchi odam.
15. Nafsini tiya olmaydigan, nafsi buzuq odam.
16. Fe‘li, xulq-atvori yomon odam.
17. Gap ta'sir qilmaydigan, neto qattiq odam.
18. Nojo‘ya harakatlari bilan ijtimoiy tartibni, ko‘pchilikning tinchligini buzuvchi, hammani bezor qiluvchi kishi.
19. Tuturug‘i, burdi yo‘q, bir gapda turmaydigan inson.
20. Did-farosati yo‘q, o‘z aqli, farosati bilan biror ish qilolmaydigan shaxs.
21. Parvoyi falak, g‘am tashvishni bilmaydigan odam.
22. Sharm-hayoni, or-nomusni, uyat-andishani bilmaydigan, uyati yo‘q shaxs.
23. Orani buzuvchi, oraga g‘uluv, nizo soluvchi kishi.
24. Umurtqa yoki ko‘krak qafasining egri o‘suvi natijasida hosil bo‘ladigan bukri odamlarni qanday nom bilan aytasiz? Old va orqa tomondagi bukri farqlanadimi?
25. Burni katta odam.
26. Bo‘yi baland odam.
27. Baqirib, shang‘illab gapiradigan odam.
28. So‘zining, va'dasining ustidan chiqmaydigan odam.
29. Tezda fahmlab ololmaydigan, uncha-muncha narsaga fahmi yetmaydigan kishi.
30. Hech kimga gap bermaydigan, gap bilan hammani yengishga harakat qiladigan mahmadona odam.
31. Ha deb vaysayveradigan, gap-so‘zining tayini yo‘q kishi.
32. Kishilar yuragiga g‘ulg‘ula soluvchi, vahima tarqatuvchi shaxs.
33. Gavdasi, jussasi katta, gavdali odam.
34. Tilanchilik bilan kun kechiradigan shaxs.
35. Gapga usta, o‘z o‘rnida topib gapiradigan, tili burro kishi.
36. So‘zlash, gapirish qobiliyatidan mahrum bo‘lgan kishi.
37. Biror turar joyi, belgili kasbi bo‘lmagan, qo‘nimsiz shaxs.
38. Ko‘nglida kiri yo‘q, oqko‘ngil va hushchaqchaq odam.
39. Qo‘shmachilik bilan shug‘ullanuvchi odam.
40. Yuz-xotir qilmaydigan, to‘ppa-to‘g‘risini, shartta-shartta gapiradigan odam.
41. Ishyoqmas, o‘taketgan dangasa odam.
42. Kishining diliga ozor beruvchi, kishilarni doimo ranjitib yuradigan odam.
43. Telba-teskari ish qiladigan, chalkash-chulkash gaplar gapirib, valdirab yuradigan odam.
44. Tutilib gapiradigan, ba'zi tovushlarni qiynalib talaffuz etuvchi shaxs.
45. Peshonasi do‘mpaygan, qappaygan odam.
46. Ovqatni ko‘p yeydigan, yegani bilan to‘ymaydigan, to‘yganini bilmaydigan odam.
47. Haqiqatni gapirmaydigan, noto‘gri gapirib odamlarni chalg‘itadigan shaxs.
48. Janjalni yaxshi ko‘radigan, bo‘lar-bo‘lmasga janjal chiqaradigan odam.
49. Xavf-xatardan, qiyinchiliklardan qo‘rqmaydigan odam.
50. Salga achchig‘i, jahli chiqaveradigan, gap ko‘tara olmaydigan kishi.
51. Tez fahmlaydigan, fahmi o‘tkir, sezgir odam.
52. Birovga hech narsasini ravo ko‘rmaydigan, o‘taketgan xasis odam.
53. Hech qanday qonunga bo‘ysunmay, birovlarga zo‘rlik qiluvchi, zulm o‘tkazuvchi odam.
54. Odamlarni yo‘ldan ozdiruvchi, yomon yo‘lga boshlovchi shaxs.
55. Uncha-munchani yoqtirmaydigan, uncha-munchaga ko‘nmaydigan, tabiati nozik, serxarxasha odam
56. Juda ham kir, iflos kishi.
57. Bitib turgan ishni buzuvchi, kelishilgan masalada qarshilik ko‘rsatuvchi shaxs.
58. Ig‘vo bilan shug‘ullanuvchi, ig‘vo tarqatuvchi odam.
59. Bo‘lar-bo‘lmasga yig‘layveradigan odam.
60. O‘ylamasdan, tartibsiz, axmoqona harakat qiladigan odam.
61. Boshi kallasi juda katta odam.
62. Kibr-havoli, o‘zini baland tutadigan, takabbur kishi.
63. Hozir ko‘zga ko‘rinib turgan narsalar asosida hukm chiqarib, uning oqibatiga fahmi yetmaydigan, kelgusini, uzoqni ko‘rmaydigan, qisqa o‘ylaydigan odam.
64. Kam gapiruvchi, ko‘p gapirishni yoqtirmaydigan odam.
65. Maqtanishni istamaydigan, o‘zini boshqalardan past oladigan, mag‘rurlanmaydigan kishi.
66. Eshitish qobiliyatini yo‘qotgan yoki yaxshi eshitmaydigan kishi.
67. O‘zini hammadan yuqori tutib, doimo kekkayib yuradigan shaxs.
68. Ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan shaxs.
70. O‘zizni-o‘zi udda qilolmaydigan, qo‘lidan biror ish kelmaydigan, bo‘shang odam.
71. Gapining tuturug‘i yo‘q, bir gapni ha deb takrorlayveradigan kishi.
72. O‘z manfaati yo‘lida, mansabdor shaxs oldida o‘zini juda tuban tutib, unga xushomad qilishga tirishadigan pastkash odam.
73. Har narsaga darrov ishonaveradigan, oson aldanadigan kishi.
74. Makr-hiylaga usta shaxs.
75. Hech kimga so‘z bermaydigan, janjalkash, shallaqi ayol.
76. Bosar-tusarini bilmay qolgan shaxs.



Download 79.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling