Didaktik adabiyot taraqqiyoti: yusuf xos hojib, ahmad yugnakiy hayoti va ijodining manbalari
"Qolan nabiyu (s.a.v) min tavazi`in rafa`hullahu va man takabbura haza lahu Allohu"
Download 34.85 Kb.
|
7-Ma\'ruza
"Qolan nabiyu (s.a.v) min tavazi`in rafa`hullahu va man takabbura haza lahu Allohu".
Bu matn barcha manbalarda quyidagicha tarjima qilingan: Tavozelikni oshirish va kibrlikni tashlash to’g’risida payg’ambarning aytganlari. Natijada, mazkur matn sarlavha sifatida nashr etilgan va shu tarzda talqin qilingan. Biroq arabcha matnga e`tibor qaratadigan bo’lsak, unda ma`no ancha keng va murakkab: "Tavazi`in rafa`hullahu" - tavozeli kishi (martabasi)ni Alloh yuksaltirishi va "takabbura haza lahu Allohu" - takabburlik, ya`ni kibrlanish, ulug’lanish Allohgagina xos (Ungagina yarashadi) ekanligi haqida nabiy (a.s.)ning aytganlari. Arabcha matn shu tarzda tarjima qilinib, dostonning matni bilan qiyoslanganda aniq bo’ladiki, bu aslida sarlavha yoki bob nomi emas, shundan oldin kelgan quyidagi to’rtlikning sharhidir. Biroq bunga ishonch hosil qilish uchun to’rtlikning mavjud tabdillarini isloh qilish lozim: Tavazi` qiliqni ko’turur idi, Takabbur tutar erni kemshur qo’di. Ulug’sinma zinhor, ulug’ bir bayot, Ulug’luq meningsiz alinmang tedi. Sharhi: Muloyim qiliqni xudo ham yoqtiradi, takabbur(lik) kishini tubanlashtiradi. Ulug’ bir tangri turib, o’zingni zinhor ulug’ tutma, u ulug’likni mensiz olishga urinmang deb aytgan. Avvalambor ta`kidlash lozimki, baytdagi ikkinchi misraning imlosida jiddiy xato bor. "Meningsiz" so’zidagi "siz" unsuri sifat yasovchi qo’shimcha emas, ikkinchi shaxs ko’plikni bildiruvchi kishilik olmoshi bo’lib, aslida misra "Ulug’luq Mening, siz alinmang, dedi" tarzida yozilishi kerak. Uning tabdili esa: (Tangri) "Ulug’lik Mengagina xos, siz (ya`ni insonlar) urinmang" degan. Misoldan yaqqol ko’rinadiki, arab tilidagi matnni noto’g’ri tarjima qilish baytdagi imlo xatoni, u esa o’z navbatida sharhdagi qo’pol xatoni yuzaga keltirgan. Muhimi, kimdir (eqtimol kotib Zaynulobiddin) olti asr oldin to’g’ri sharhlab qo’ygan baytni biz hozirga qadar noto’g’ri tushunib kelayapmiz.2 Asar, shuningdek, Pekinda 1980 yilda, Olmaotada 1984 yilda nashr etilgan. 2001 yilda yosh olima G.Xo’janova "Hibat ul-haqoyiq" poetikasi" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Download 34.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling