Didaktik adabiyot taraqqiyoti: yusuf xos hojib, ahmad yugnakiy hayoti va ijodining manbalari
Download 34.85 Kb.
|
7-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilik lom
Asarning badiiy xususiyatlari. “Qutadg’u bilig asarining muhim jihatlaridan biri shundaki, unda o’z davri adabiy muhiti haqida tasavvur uyg’otuvchi detallar ham mavjud. Muallif ko’p hollarda fikrini tasdiqlash uchun zamondosh yoxud oldinroq yashagan shoirlar ijodidan namunalar keltiradi. Biroq ularni muallif nomi bilan emas, “shoir so’zi”, “hakim aymishi” tarzida keltiradi. Mazkur to’rtliklarning aksariyati falsafiy-axloqiy va ijtimoiy mavzularda. Bu esa shoir yashagan davrda shu turdagi ijod, hikmatgo’ylik taraqqiy etganligini yana bir bor ko’rsatadi. Tortliklarning mazmuni va uslubi Ahmad Yugnakiyning shu shakldagi she’rlarini eslatadi:
Bu so’zga tanuqi bu sha`ir so’zi, Bu sha`ir so’zi so’zke qatti tuzi: (Bu aytilganlarga shoirning bu so’zlari misol bo’la oladi.Shoirning bu so’zlari so’zga shahdu shakar aralashtiradi) Keyik sani davlat kishika tezik, Qali kelsa bekla tusha ham tizig. Tuta bilsa davlat to’zumas turur, Qali to’zsa tegmas yana tark kezig (160-bet). (Davlat kiyik kabi, u kishidan qochadi. Agar u kelib qolsa, mahkam tut, tizginlab ol. Tuta bilsang, davlat to’zimaydi, turib qoladi. Agar to’zib ketsa, yana qaytib kelmaydi, bot qochadi). Mungar mehgzar emdi bu baytig’ o’qi, O’qib kez ko’ngulka aling’il taqi. (Endi bunga o’xshaydigan bu baytni o’qi. O’qib, tag’in yaxshilab ko’nglingga joyla). Seningda azaqi o’lugli minga, Barur pand ayur o’sh manga ko’r manga. O’sanib yurudim o’qidim o’kush, O’lum tutti bardim kelir o’sh senga. (914-bet). Asarda ko’plab badiiy tasvir vositalari uchraydi. Turli tashbеhlar, omonimlar, o’xshatishlar ishlatilgan: Bek ati bilig birla bag’liqturur, Bilik lomi ketsa, bek ati qalur. Mazkur baytda birinchidan harf san’ati g’oyaning go’zal tarzda ifodalanishiga xizmat qilayotgan bo’lsa, ikkinchidan u asarning asliyatda arab yozuvida yozilganligini ko’rsatadi. Umuman, «Qutadg’u bilig» dostoni bugungi va ertangi kun uchun ham axloqiy-estetik tarbiyaning muhim vositasi sifatida kishilik jamiyatiga xizmat qilaveradi. Download 34.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling