Didaktik o'yinlarning tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat?


BOSHLANG'ICH SINFLARDA MUAMMOLI DARSLARNI TASHKIL QILISH


Download 115.5 Kb.
bet10/10
Sana30.04.2023
Hajmi115.5 Kb.
#1403559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Didaktik o

BOSHLANG'ICH SINFLARDA MUAMMOLI DARSLARNI TASHKIL QILISH
F. Hazratova, Boshlang'ich ta'lim fakulteti 202-guruh talabasi
Bilim va uning yuqori pog'onasi — ilm, ma'naviyatning muhim tarkibiy qismlaridan bo'lib, insonni kamolotga yetaklaydi, unga hurmat va e'tibor keltiradi. Prezidentimiz Islom Karimov «har qaysi insonda muayyan darajada intellektual salohiyat mavjud, agar shu ikki quvvatnining to'liq yuzaga chiqishi uchun zarur bo'lgan barcha shart-sharoitlar yaratilsa, tafakkur har xil qotib qolgan eski tushuncha va aqidalardan xalos boladi», deb ta'kidlaydilar. Bu borada ma'lumki, boshlang'ich sinf o'qituvchilariga talab juda katta. Boshlang'ich sinflardagi ta'limiy vazifalarning amalga oshishi, o'qituvchi o'rganiladigan bilimlarning va shakllanadigan ko'nikmalarning xususiyatlarini qanchalik ko'ra olishiga bog'liqdir.
O'qituvchi har bir darsdagi o'quv materiallarini o'rgatish jarayonida tarbiyaviy vazifalarning ma'lum bir tomonini amalga oshiradi. Bu borada u darsda turli usul va g'oyalarga tayanadi.
Boshlang'ich sinflarda muammoli darslaming o'tilishi uning ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyati juda katta o'rin egallaydi. Muammoli darslarda o'qituvchi o'quvchilariu uyushtirishni, bir muammoli vaziyatni ifodalashni taxminiy bayon qilishni va yechimlaming variantlarini bildirishni, muammoni amaliy hal qilishni o'rgatadi. Biz boshlang'ich sinflarga qaysi mavzuni tushuntirmaylik uni muammoli savollar, muammoli vaziyatlar, muammoli krossvordlar orqali bayon qilsak, o'quvchining ongida shu mavzu yuzasidan fikrlar paydo boladi va o'quvchining bu mavzuga bo'lgan bilim ko'nikma malakalari ortadi. O'qituvchi matematika darsini muanmioli tashkil qilar ekan, avvalo, bu dars o'quvchining qiziqishini oshiradi, aqlari fikrlashga jalb etadi, sonlarni o'rgatishda ham muammoli vaziyat va muammoli masalalar shu sonni o'quvchi ongiga chuqurroq singishiga, anglashiga sabab bo'ladi.
Muammoli darslar o'rganiladigan mavzuning va boshqa omillarning mazmuniga bog'liq holda muammosiz darslar bilan almashinishi ham mumkin. Ularning birlashuvi ta'limning faollashuvi darajasini belgilaydi. Darslar tizmida muammoli darslar ko'p o'rin olsa, bunday ta'limni muammoli kamol toptiruvchi ta'lim deb hisoblash mumkin. U o'quvchilarning aqli va hissiyoti yuqori darajadarivojlanishini ta'minlaydi.
Psixologlarning fikriga ko'ra, bo'lajak o'qituvchi o'z kasbining mohir ustasi bolisln uchun ijodiy qobiliyatini o'stirishi lozim. O'qituvchi o'zining yuqori darajaii qobiliyali bilan muammoli darslarni juda tez va oson tashkil etadi.
Masalan, sonni songa qo'shishda ma'lum bir sonning kelib chiqishi. Shu sonni o'quvchiga oddiy muammoli vaziyat orqali tushuntirilishi qulaydir:
10+?= 13; bu misolda o'qituvchi 10 soniga qaysi sonni qo'shganda 13 soni hosil bolishini o'quvchilarga muammo qilib qo'ydi.
O'quvchi 10 soniga qaysi sonni qo'shganda 13 hosil bo'lishini o'ylaydi, fikrlaydi va bu son 3 ekanligini hosil qiladi.
Umuman olganda, muammoli dars o'quvchilarga izlanish vaziyatidagi darsdir.
Download 115.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling