Didaktik o'yinlarning tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat?


BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKADAN SINFDAN TASHQARIISHLARNITASHKIL ETISH


Download 115.5 Kb.
bet6/10
Sana30.04.2023
Hajmi115.5 Kb.
#1403559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Didaktik o

BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKADAN SINFDAN TASHQARIISHLARNITASHKIL ETISH
B. S. Abdullayeva, p.f.d., Nizomiy nomidagi TDPU;
N. M. Muxitdinova, talaba
Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi — o'quvchilarda fanga qiziqishini rivoj- lantirish, asosiy kursda olinadigan bilimlarni to'ldiruvchi va chuqurlashtiruvchi matematik fakt va ma'lumotlar, malaka va ko'nikmalar zahirasini to'plashdan iborat.
Hozirgi sharoitda matematikadan sinfdan tashqari ishlar boshlang'ich sinflarda o'tkaza boshlanishi kerak edi.
Baxtga qarshi, hozircha boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan matematikadan sinfdan tashqari ish tashkil qilishning yetarlicha umumlashtirilgan tajribasi yo'q; sinfdan tashqari ishlarga oid boshlang'ich sinf o'qituvchilariga mo'ljallangan qo'llanma deyarli yo'q.
O'quvchilarning chuqurlashtirilgan matematik tayyorgarligining umumiy sistemasida sinfdan tashqari mashg'ulotlaming qanday rol o'ynashini hisobga olib, umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinflarda o'quvchilar bilan ishlashning bu turini yanada yaxshilash choralarini birinchi navbatda ko'rish kerak.
Bu yerda eng oldin sinfdan tashqari ishga, ayniqsa, to'garak mashg'ulotlariga ko'proq o'quvchilarni qatnashtirishga erishmoq lozim; faqat shunday sharoitdagina kelgusida matematik bilimlar bilan chambarchas bog'liq bo'lgan xilma-xil ishlarni uddalashga yordam beradigan matematik qobiliyatlarga ega bo'lgan bironta ham o'quvchi „yo'qotilmaganligiga» ishonish mumkin.
Matematikadan sinfdan tashqari ishning xarakterli xususiyatlari quyidagilardir: mashg'ulotlar tematikasini tanlash bir qadar ixtiyoriy; o'quvchilar bilan ishlash formalari turli-tuman; ayni bir mavzuga nisbatan kam o'quv vaqti ajratiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan o'tkaziladigan sinfdan tashqari ish qo'shimcha xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlardan biri — sinfdan tashqari ishda qatnashayotgan o'quvchilardan ko'pchiligining fanga nisbatan qiziqishi shakllanmagan bo'lib, qat'iy bo'lmasligidu". Shu bilan birga xuddi shu bosqichda o'quvchilarda bunday qiziqish shakllanishi mumkin va kerak. Matematika bilan mavaffaqiyatli shug'ullanish natijalari ko'pincha sinfdan lashqari ishning boshlanish vaqtiga bog'liq emas, albatta. Kishining matematik iste'dodi yoki qobiliyati har qanday yoshda rivojlana boshlashi mumkin, buning uchun faqat qulay sharoit bo'lsa bas. Bunda shuni e'tiborga olish kerakki, matematik nazariyalar va ular latbiqlarining turli-tumanligi har xil xarakterdagi qobiliyatlami talab qiladi. Biror o'quvchining qaysi qobiliyatlari rivojlanishi mumkinligini payqash uchun bu o'quvchi turli-tuman matematik faoliyatda qatnashmog'i foydali. Albatta, bolalarning qobiliyatlarini turli materialda sinash uchun ko'p o'quv vaqti kerak bo'ladi. Yosh o'quvchilar tabiatidagi tirishqoqlik, ishchanlik xususiyatlarini e'tiborga olmasdan mumkin emas, bu xususiyatlar o'qituvchiga o'quvchilarni yuqori sinflandagi „sho'xlik» yoshiga yetguncha fanga qiziqtirib olish imkonini beradi. O'qituvchi umumiy ta'lim maktabining boshlang'ich va o'rta sinflarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishga e'tibor bermasa, ko'pgina o'smir va yoshlar matematikaga hech qachon qiziqmaydi.

Download 115.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling