Dielektrikning fizik xossalari


Dielektrikning issiqlik xossasi


Download 373.68 Kb.
bet2/6
Sana06.04.2023
Hajmi373.68 Kb.
#1334573
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dielektrikning fizik xossalari

Dielektrikning issiqlik xossasi

Dielektrikning issiqqa chidamligi uning muhim xossalaridan biridir. Dielektrikning issiq va sovuqqa chidamligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi va issiqdan kengayishi uning issiqlik xossalariga kiradi.



Dielektrikning issiqqa chidamligi: anorganik dielektriklarning issiqqa chidamligi ularning elektr ( ) qiymatlarining o‘zgarishiga qarab baholanadi. Organik dielektriklarning issiqqa chidamligi, ularning cho‘zilishi va egilishi orqali yoki qizitilgan dielektrikka igna botirib ko‘rish orqali aniqlanadi.

Izolyasiya materiallarining haroratga chidamligi Martenc usuli orqali ham aniqlanadi. Bu usulda jismning qisqa muddatli issiqlikka bardoshligi uning mexanik xossalari o‘zgarishiga qarab aniqlanadi. Dielektriklarning issiqlikdan yumshash harorati qizdirilgan namunaga shar yoki doirani ma’lum kuch bilan ta’sir ettirib aniqlanadi.

Suyuqlikning chaqnash harorati uning haroratini ko‘tara borib, cho‘g‘lanishga yaqinlashtirilganda, suyuqlikning havodagi bug‘i yonib ketishi bilan aniqlanadi.

Suyuqlikning alangalanish harorati tekshirilayotgan suyuqlikka alangani yaqinlashtirganda uning yonib ketishi bilan aniqlanadi. Suyuqlikning alangalanish harorati uning chaqnash haroratidan birmuncha yuqoridir. Bunday tavsiflar transformator moyi va erituvchi suyuqliklar sifatini aniqlashda keng qo‘llaniladi. Materiallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi solishtirma issiqlik o‘tkazuvchanligi bilan tavsiflanadi:



(4.3)

bu yerda  - yuzadan o‘tadigan issiqlik oqimining quvvati, dT/dl harorat gradienti. Solishtirma issiqlik o‘tkazuvchanligi  elektr izolyasion materiallarda metallarga nisbatan ko‘proq bo‘ladi. Materiallarni siqish va tashqi bosim orqali ta’sir qilish  ni oshishiga olib keladi.



Dielektrikning sovuqqa chidamligi: ko‘p hollarda izolyasiyalarni eksplutasiya qilganda, masalan, podstansiyalarning ochiq jihozlari. Aloqa apparatlarida sovuqqa chidamlik, ya’ni -60 dan -70 0C sovuqlikda izolyasiya materiallarining ekspulatasiyaga chidamligi katta ahamiyatga ega. Past haroratda izolyasiya materiallarining elektr xossalari yaxshilanadi. Normal sharoitda elastik va egiluvchan bo‘lgan materiallar past haroratlarda qattiq va mo‘rt bo‘lib qoladi. Bu esa kuchlanish ta’siri ostida bo‘lgan materialning sinishi va uskunaning ishdan chiqishiga olib keladi.


Download 373.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling