Diffirinsial konstruksiyali optoelektron o‘zgartkichlar va chiziqli va burchak siljishlarning bo‘sh yoritkichlarga asoslangan
Raqamli vaqt-impulsli voltmetrlar
Download 91.99 Kb.
|
17 – МАъРУЗА
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqamli ommetrlar
Raqamli vaqt-impulsli voltmetrlar.
b)
5.8 -rasm. O‘lchanadigan kuchlanish solishtiruvchi qurilmaning bir uchiga beriladi (5.8 -rasm). Sxemaning ishlashi boshqaruvchi blok (BB) orqali boshqariladi, ya’ni o‘lchash siklining boshlang‘ich t0 momentida u kompensasion kuchlanish generatorini ishga tushiradi, xuddi shu momentda elektron kalit (EK) ochiladi. Kompensasiyalovchi kuchlanish generatori (KKG)dan chiziqli o‘zgaruvchan kuchlanish solishtiruvchi qurilmaning ikkinchi uchiga beriladi. Qachonki, chiziqli o‘zgaruvchan kuchlanish UK o‘lchanadigan kuchlanish UX ga tenglashsa kalit uziladi va hisoblagichga impulslar generatori orqali (aniq T0 chastotali) impulslar o‘tishi to‘xtaydi. Kalit ochiq vaqt mobaynida, ya’ni tx vaqt ichida (12.8 b-rasm) hisoblagichdan olingan impulslar soni bo‘yicha noma’lum (o‘lchanadigan) kuchlanish quyidagicha aniqlanadi: UX = ktx= kNT0 , bu erda K-chiziqli o‘zgaruvchan kuchlanishning o‘zgarishini xarakterlovchi koeffisient;T0 – impulslar generatori (IG) ishlab beruvchi impulslar. Raqamli ommetrlar: 5.9 -rasm. 5.9 – rasmda ko‘prikli sxema bo‘yicha ishlangan raqamli ommetr ko‘rsatilgan.Ommetrda boshqarish bloki (BB) yordamida solishtirish qurilmasidan olinadigan signal Ra, Rb qarshiligi orqali ko‘prik muvozanat xolatiga keltiriladi va kodga o‘zgartiriladi. Bundan tashqari BB ko‘prikning o‘lchash chegarasini Rb- qarshiligi orqali avtomatik tarzda boshqaradi. Ko‘prikli ommetrning xatoligi rezistorlarning qarshiligiga, solishtirish qurilmasining sezgirligiga va diskretlash momentiga bog‘liq.Ko‘prikli sxema bo‘yicha ishlangan ommetrlarning aniqligi 0,01% ga teng bo‘lib, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan asosiy xatolik ±[0,02 ÷ 0,05((RK/RX -1)] dan to ±[0,5 ÷ 0,1(RK/RX -1)] gacha bo‘lib, ulash vaqti 1s ni tashkil etadi. O‘lchash texnikasini mukammallashtirish istiqboli – asboblarni hozirgi zamon elektronikasi va mikroprotsessorlar asosida yaratilishidir. Elektron o‘zgartkichlar asosida tuzilgan o‘lchash asboblari elektron o‘lchash asboblari (EO‘A) deb ataladi. Chiqish o‘zgartkichi sifatida ko‘pincha magnitoelektrik asboblar, ossillograflarda elektron nurli trubkalar ishlatiladi. EO‘A elektromexanik asboblar singari analog asboblar turkumiga kiradi. Ular tezkorligi, o‘lchash diapazonining kengligi, aniqligining yuqoriligi bilan elektromexanik asboblardan ustun turadi. EO‘A elektrik kattaliklar (voltmetrlar, chastota o‘lchagichlar va boshqalar) ni o‘lchovchi; elektr zanjir parametrlari (qarshilik, sig‘im, induktivlik va boshqalar) ni o‘lchovchi; shuningdek, har xil elektr signallar manbalarini o‘lchovchi (o‘lchash generatori) guruhlarga bo‘linadi. O‘lchanayotgan kattalik turiga qarab EO‘A asbobning nom belgisidagi harflariga ko‘ra klasslarga bo‘linadi: B – kuchlanishni o‘lchovchi EO‘A; G – o‘lchash generatorlari va kuchaytirgichlari; E – elektr zanjirining taqsimlang anparametrlarini o‘lchovchi EO‘A; S – signallar shaklini kuzatuvchi va tadqiq etuvchi EO‘A; Ch – chastota o‘lchagichlar va hokazo. i Download 91.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling