Diktant va insho, ularning turlari


Download 339.72 Kb.
bet4/12
Sana19.06.2023
Hajmi339.72 Kb.
#1606311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-маъруза слайди

SAYLANMA DIKTANT. Saylanma diktant o‘rganilgan grammatik va imlo qoidalarini mustahkamlashga, ularni amalda qo‘llashda yordam berish bilan birga o‘quvchilar mavzuni qay darajada o‘zlashtirganliklarini aniqlashga ham imkon beradi. Diktantning bu turida o‘quvchi o‘qituvchi aytgan matnning yoki gapning hammasini yozmay, o‘rganilgan qoidalar asosida yoziladigan so‘zlar yoki so‘z birikmalarinigina saylab yozadi, shuning uchun ham saylanma diktant deyiladi.

Yozuv taxtasidagi matn parda bilan berkitib qo‘yiladi. O‘qituvchi sana va sarlavhani yozadi va: ,,Men matndagi gaplarni bitta-bitta o‘qiyman. Sizlar gap tarkibidagi talaffuzda tushib qoladigan ,,d “ yoki ,,t “ undoshli so‘zlarni yozasizlar“ – deb ta’kidlaydi. O‘qituvchi birinchi gapni o‘qigach, o‘quvchilar Samarqand so‘zini yozib, vergul qo‘yadilar. O‘qituvchi ikkinchi gapni o‘qiganda bolalar baland-baland so‘zini yozib, vergul qo‘yadilar. Shu tarzda matndagi gaplarning barchasi o‘qiladi.

Saylanma diktant yozib bo‘lingach, yozuv taxtasidagi matn o‘qiladi va ish o‘qituvchi rahbarligida tekshirtiriladi.O‘qituvchi matndagi kerakli so‘zlarining tagiga chizadi, bolalar ishlarini yozuv taxtasiga solishtirib,xatolarini to‘g‘rilaydilar. Saylanma diktantni 3-4-sinflarda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

O‘Z DIKTANT YOKI YODDAN YOZUV. Diktantning bu turi boshlan‘ich sinflarning barchasida o‘tkaziladi. O‘z diktant uchun sinf o‘quvchilarining saviyasiga mos kichik bir parcha (yoki biror to‘rtlik) tanlanadi. Tanlangan matn yozuv taxtasiga yozib qo‘yiladi. Matnni o‘qituvchi o‘qib beradi. Matndagi izoh talab etiladigan so‘zlar sharhlanib, imloga doir qoidalar takrorlanadi.

Shundan so‘ng matn 3-4 bolaga o‘qitilgach, bir necha daqiqa vaqt beriladi. O‘quvchilar matnni yodlab olgach, matn berkitiladi. Ular yodlagan matnlarni mustaqil yozadilar. Keyin yozuv taxtasidagi matn ochiladi. O‘quvchilar yozganlarini yozuv taxtasidagiga taqqoslab tekshiradilar va xatosini tuzatadilar. Diktant o‘tkazish usulidan ko‘rinib turibdiki, matn aytib yozdirilmaydi, balki o‘quvchilar matnni yodlaydilar va mustaqil yozadilar.


Download 339.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling