Diktant va insho, ularning turlari


Inshoda mavzuning tutgan o’rni


Download 339.72 Kb.
bet7/12
Sana19.06.2023
Hajmi339.72 Kb.
#1606311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-маъруза слайди

Inshoda mavzuning tutgan o’rni


Mavzu inshoning nima haqida yozilishini belgilaydi. Mavzu o’quvchiga tushunarli tarzda tuzilishi lozim. Odatda, insho mavzusi sodda va atov gaplardan tuziladi. Uning aniq va izchil tarzda tuzilishi inshoning ijobiy natijasini ta’minlaydi.

Insho mavzularini tavsiya etishda o’quvchilarning bilim saviyasini, qiziqishini, adabiy asarlarning qanchalik o’zlashtirilishini hisobga olish kerak. Qachonki, o’quvchi o’zining bilimi, qiziqishi va saviyasiga mos mavzu tanlasa insho muvaffaqiyatli chiqadi.

Reja tuzish


Insho
    • Inshoning rejasini tuzish uni yozish jarayonidagi eng muhim bosqichlardan biridir

Insho
    • Yaxshi tuzilgan reja inshoning izchilligini ta’minlaydi, o’quvchi reja asosida qaysi fikrdan keyin qaysisini bayon qilishni aniq his qilib turadi.

Insho
    • Har tomonlama o’ylab tuzilgan, o’zida insho mavzusining hamma jihatlarini yaqqol aks ettirib turgan reja yarim insho demakdir.

Ma’lumki, umumta’lim va o’rta maxsus talimdagi insho rejasi xarakter jihatdan ikki xil bo’ladi:


a) sodda reja;
b) murakkab reja

INSHO YOZISHDA


O’quvchi reja turini yozilayotgan mavzuning xususiyatiga qarab tanlaydi.
Sodda rejani murakkab rejaga qarama-qarshi qo’yish, birini ikkinchisidan afzal deb bilish to’g’ri emas.
Gap rejaning qaysi turini tanlashda emas, uni qay tarzda tuzishdadir.

Shuningdek,


Insho mavzulari mazmun va yo’nalish jihatidan turlicha bo’ladi.
Adabiy mavzularda ko’proq murakkab reja tuzish ma’qul
Adabiy-ijodiy va ijodiy mavzularda insho yozishda sodda reja tuzish ma’qul.

INSHO MAVZULARI


mumtoz adabiyot
zamonaviy o’zbek adabiyoti materiallari
yozuvchi hayoti, ijodi
badiiy asarning g’oyaviy mazmuni
asardagi qahramonlarga tavsif berish
Badiiy asarning g’oyaviy mazmunini yorituvchi inshoga sodda reja tuzish lozim
Obrazlarga tavsif berishni taqozo etadigan mavzularga murakkab reja tuzish ma’qul.
    • Inshoning rejasini tuzishdan avval mavzuni yoritish uchun qanday masalalarga e’tibor berish lozimligini o’quvchi mustaqil aniqlashi va o’z xohishiga ko’ra reja ko’rinishini tanlashi lozim.

Download 339.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling