Xotira maydoni
Poytaxtimiz Toshkentda mustaqillik yillari bunyod etilgan Xotira maydoni bor.
Bu yerdagi motamsaro Ona haykali yoniga har kuni yuzlab kishilar, ayol va
erkaklar, yigit va qizlar, bolalar ziyoratga keladilar. O‟tganlar xotirasini e‟zozlaydilar.
Muazzam haykal poyida qora marmardan ishlangan hovuz bor. Uning o‟rtasida ona
yurtimiz va xalqimiz ozodligi uchun qurbon bo‟lganlar xotirasiga atab qo‟yilgan
mangu olov shu‟la sochib, yonib turibdi.
Aziz yurtdoshlar! Ona-Vatan sarhadlari uchun o‟z jonlarini qurbon qilgan
bahodir vatandoshlarimiz, qahramon ajdodlarimiz xotirasini ulug‟laylik!
Do'stlaringiz bilan baham: |