Dil so’zlarim
Download 32 Kb.
|
UMAR KITOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bizning qishloq
- Bizning oilamiz
DIL SO’ZLARIM Bu mo’jaz kitobni men jonajon xalqimizning sevimli yozuvchisi O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asarini o'qib, shu asardan ta’sirlanib, ushbu dilbar asar turtkisi sabab yozdim. Buning uchun avvalo marhum yozuvchimiz ustoz O’tkir Hoshimovga rahmat, oxiratlari obod bo’lsin, ruhlari biz yoshlarga madadkor bo’lsin! Bu asar oila haqida. Maktab haqida. Do’stlik haqida. Umumiy qilib aytganda jamiyat haqida. Ota onamaga, bobomga, buvimga, akalarimga mingdan ming rahmat. Dastlabki ijodlarimga meni ilhomlantirgan jonkuyar ustozim Zaripov Abduvahob Suyundikovichga o’zimning alohida minnatdorchiliklarimni bildiraman. Bizning qishloq Qishlog’imiz haqida aytadigan bo’lsam tog’ yon bag’rida joylashgan mo'jazgina bir qishloqdir. Bizning dalalarni aytsam, hamma joyi bug’doy, no’xat, tarvuz, qovun, oshqavoq, ya'ni bizning shevada “ashkadi”lar juda yaxshi o'sadigan mo'jaz qishloqda yashaymiz. Agar biz hoxlasak yo’ldan yoki zeriksak soydagi yo’ldan yurar edik. Biz har yoz, kuz va bahorda mol boqar edik. Men o'zimni aytadigan bo’lsam 14 yoshlardagi bir bola edim bizning bolalar juda sho’x, eshakni minib molni haydab dikirlatib minib yurardik. Ha men ikkita govmish sigir bilan bitta buzoqcha boqar edim bizning qishloq shunaqa mo'jaz qishloq. Bizning oilamiz Bizning oilamizni aytsam otam, onam, men, singlim va ikki ukamdan iborat oilam bor, mening bobom va buvim ham bor ular boshqa yerda yashaydi. Bizning oilamizning boshqacha odati ham bor. Har yili buvimning tug’ilgan kuni ya'ni 21-mart kuni yig’ilamiz mening oltita ammam va ikkita akam bor dadam bilan to’qqizta bo’lishadi. Ularning bolalari ya’ni amma, jiyanlarim bilan mazza qilib o'ynaymiz. Bir kuni 21-mart kuni hammamiz to’yib ovqatlanib ammamlar bilan o'ynayotgan edik va men yiqilib tushdim va oyog’im qonadi va u joyni bog’lab qo’ydim va ko’rmagandek bo’lib ketdim va juda yaxshi bayram bo’ldi. Qo’shrabot Bizning tumanimiz Qo’shrabot. Bu yerdan juda bilimli kadrlar yetishib chiqqan. Menga tumanimiz juda yoqadi. U yerda bizning dehqon bozor ham bor. Bir kuni men ham dehqon bozorimizga bordim va palto olmoqchi edim, biz paltolar bor bozorni ko’rib yurgan edik bir ayolning ovozini eshitib qoldik. Yoshi o'ttizdan o'tgan sochi sariq, sariq ko’ylak va kurtka kiyib olgan ekan. Hamma narsasini bizga ko’rsatib aldamoqchi bo’ladi va hammaga har gapni birida ayol bo’lsam ham bitta gapiraman degan savdogarlarga xos hiylagar ohangda gapirar edi u. Download 32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling