Qovunchi mahallasi
Bizning mahallamiz ham chekada bolsa ham juda rivojlangan deb bolmasa ham yaxshi rivojlangan bizda bollar o'yingohi, bogcha, maktab, QVP, masjidlar bor yollarimizning to'rtdan nol besh joyi asfalt qilingan bolsa ham qolgan joyi qattiq yer.
Bizning qishloq tog’ bagrida,
Tog’ bag’rida bog’ bag’rida.
Shoirimiz Mirtemir boboning ushbu misralari yodimga tushib ketdi va ollohga ming qatla shukurki yurtimiz tinch osmonimiz musaffo rivojlanish bo’ladi, albatta.
Yurtboshimiz qancha harakat qilyapti inshaolloh rivoj topadi.
SHE’RLAR
Ikki ukam
Mening ikki ukam bor,
Ular juda beozor.
Husanchi kõp yig'laydi,
Hasan esa uxlaydi
Lola
Tog' qõynida õsasan,
Tog'ga chiroy berasan.
Gõzaldirsan buncha-san,
Lolajonim lolajon.
Yangi yil
Yangi yilning archasi,
Orzularning barchasi,
Qorning oppoq parchasi,
Yangi yilning archasi.
Ota-ona
Ota-onang qadrin bil,
Ularga yaxshilik qil,
Ular sening borlig'ing,
Ham yagona hamduring
Vatanim
Iforingga tõymay ketganlar ham bor,
Sening bir hovuch tuprog'ingga zor,
Õzga yurtda ular bõlar ekan hor,
Iforingga tõymay ketganlar ham bor.
Vatanim quchog'ing juda keng ekan
Sening qadring dunyolarga teng ekan,
Bolajonlar Vatanjonim deng ekan,
Iforingga tõymay ketganlar ham bor.
Sõzlarga boy gõzal tiling bor ekan,
Uni kõrib butun dunyo lol ekan,
Sening quchog'ingda yurish zõr ekan,
Iforingga tõymay ketganlar ham bor.
Jannati inson
Onalar oyog'i ostida jannat,
Qancha ish qilsa ham qilmaydi minnat,
Aytgan sõzlarida doimo hikmat,
Onamning oyog'i ostida jannat
Bolam deb õzini chõqqa uradi,
Biz omon bõlsak bas hursand yuradi,
Insholloh biz ila davron suradi,
Onamning oyog'i ostida jannat.
Hayot
Hayotda yashash qiyin yiqilmasdan sinmasdan,
Ammo sen tõxtamagin harakatdan tinmasdan,
Yomon yõlga kirib qolma birodar bilmasdan,
Yaxshi bõlib yurginda yomon ishlar qilmasdan.
Sabr
Ey inson sabr qil yaxshi bõladi,
Sabr qilsang seni olloh biladi,
Yaxshilar doimo sabr qiladi,
Sabr qilsang seni olloh qõllaydi.
Dangasalik
Rashid degan bir bola,
Dangasa ekan juda,
U juda kech uxlaydi,
Maktabga ulgurmaydi.
U maktabdan qaytadi,
Sumkasini otadi,
Darslarni ham qilmaydi,
Kõchadan hech kelmaydi.
Ana shunday dangasa,
Bõlib qolmang bolalar,
Televizorni kam kõring,
Darslarni tezda qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |