Dil so’zlarim
Download 32 Kb.
|
UMAR KITOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshik to’yim
Mansur bo'lajak shoir
Bizning ona tili to’garagimizdagi Mansur ismli bir ajoyib bola bor. O'zi oltinchi sinfda o'qisa ham juda aqlli bola. U har doim she’r mashq qilib yuradi. Bugungi kunda ustozimning tashabbuslari bilan uning she’rlari gazetaga chiqdi va sal maktabimizdamashhur bo’ldi. U juda halizkash bola. U bilan yana ikkita o'rtog'im ham bor. Ular To’lqin va Davronlardir. To’lqin bug’doyrang kallasi kichikroq o'rtabo'y bola. Davron ham xuddi shunday. Ha mavzu qahramoni Mansurga qaytsak, uning she’rlari "Bekajon" gazetasida bosilib chiqdi. Ukalarim Ukalarimni aytadigan bo’lsam, mening uchta ukam bor. Shamshod, Hasan va Husan. Shamshod juda ham jahldor bo’lib antiqa fe'lli bola. U juda oddiy. Biz u bilan faqat birga molga qaraymiz, tovuq boqamiz, yana qanday ish bo’lishidan qat'i nazar birga ish qilib yuramiz. Hasan, Husan esa hali 5yoshda. Ular uyda o'tirib o'zini o'zi o'ynatib o'tiradi. Ukam Shamshod va qo’shni o’yinqaroq bolalar bilan juda antiqa ishlar qilib yuramiz. Masalan, bir kuni qo’shnimiz Sanjar kelib qoldi, yirtiq to’pda futbol o'ynayotgan edik yirtiq joyiga oyog’i kirib oshib tushdi keyin yig’lab uyiga ketdi. Yana bir kuni akam katta bir daraxt qulatgan ekan uni hash-pash deguncha ukam bilan maydalab, uyga olib kirdik. Beshik to’yim Mening beshik to’yimni o'zim eslolmayman. Axir qanday eslay o'sha paytda endigina olti oylik chaqaloq bo’lgan ekanman. Uni video tasvirlarda ko’rib ahvolimga o'zim achinib ketdim, chunki boshimda bir tola soch yo’q. U to’yda Guljahon moma, Barno amma, Shahnoz moma kabi qo’shnilar erkaklardan Boynazar bobo, Begzod aka, Murod aka kabi qo’shnilarimiz qatnashdi ikki yosh-u olti oylik bo’lgan Suxrob tog’amning tirjayib o'ynaganlarini ko’rib ko’zim quvnaydi. Bolalar juda shirin bo’ladi. Ota-onam bilan kalligimni ko’rib kulishib o'tiramiz. Azon Biz har kuni ibodat qilish maqasadida masjidga "Xufton" namozini o'qishga boramiz. Namozdan oldin albatta azon aytiladi. Yomg’ir shitirlab yog’ar va namozxonlar namoz o'qish maqsadida masjidga yig’ilishadi. Odamlar birin-ketin kirib kela boshladi. Birinchi men keyin Farrux, Mija, Behruz, Zuqi keldik. Tasbeh qaytarib o'tirgan edik Siddiq aka Tolib, Qurbon kirib kelib qoldi. Salom berdik ular ham alik olib salom berishdi keyin Shuhrat aka va G’ayrat aka keldi. Siddiq aka azon boshladi. Allohu akbar Allohu akbar... Bu azon aytilsa yuragim orom oladigan bo’lib qolgan. Bobomning orzusi Bobom shunday orzu qilar edi. “Bolalarim sizlar shunday yaxshi o'qishlarga kirib mening umrimni uzoq qilinglar”. Shunday orzular qilib yuradigan bobom hozir 74 yoshdalar. Bobomlar bizga atab bog’ yaratmoqda. 500 tup tok ekkan va yana 100 tup ko’chat ekkan edi va tarvuz, qovun ekkan. U qovuni yesangiz 10 kun ogzingiz shirin bo’lib 11-kuni yana o'sha qovunni qo’msab bobomning poliziga yugurib kelasiz. Bobomga yana bir yordamchi bu mening sevimli buvijonimdir. Qishin yozin nimchasini yechmaydigan 62 dan oshgan kampirdir. Biz kelajakda qanday kasb egasi bo’lishimizdan qat’i nazar bobomni xursand qilsam deyman. U kishining orzularini amalga oshirsam deyman. Kasallik Biz bolalar bilan mazza qilib qorbo'ron o'ynadik, qorbobo yasadik sirpanchiq (bizning shevada toyinchoq) yasadik, qorga dumaladik xullas mazza qilib o'ynadik keyin o'yinning mazzaligini ko’ringda. Uyga kelsam kiyim-boshim ho’l, terlab ketganman xullas shunaqa holatda edim. Onam bilmasin deb boshqa uyda kiyimlarimni almashtirdim. Kasalni yashirsang istimasi oshkor qiladi deganidek mening ham istimam oshib ketdi. Dadam shifokor olib keldi. Uning ismi Inoyad ekan. U kishi meni tekshirdi dori yozib berdi va eng yoqmaydigan holat ukolni taxlay boshladi. Ich ichimdan qo’rquv bosdi xuddi ukol qilsa o'lib qoladigandek edim. Keyin uch kun dori yeb yotdim. Keyin otdek bo’lib yana o'ynab ketdim. Download 32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling