Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Ritmik bo'laklaming o'lchov birligi sifatidagi ahamiyati turli


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

Ritmik bo'laklaming o'lchov birligi sifatidagi ahamiyati turli 
she’rlarda turlicha namoyon bo'ladi. Masalan, izometrik (misralardagi 
bo'g'inlar soni bir xil bo'lgan) she’rlarda bo'g'in, turoq, misra va 
band birdek ahamiyatga ega bo'lsa, getrometrik misralardagi bo'g'inlar 
soni turlicha bo'lgan she’rlarda ulaming mavqei o'zgaradi. Masalan, 
A.Qutbiddin qalamiga mansub she’rlardan birining ritmik qurilishi 
tubandagicha:
She’ming boshqa bandlari ham ayni shu tartibda qurilgan. 
She’ming birinchi va ikkinchi misralari 11 bo'g'indan bo'lib, uchinchi 
va to'rtinchi misralar qo'shilgan holda 11 bo'g'inni tashkil qilishi 
ko'rinib turibdi. Biroq uchinchi va to'rtinchi misralaming qo'shilishi, 
birinchidan, she’rning intonatsiyasi, ikkinchidan, qofiyalanish 
tartibiga ta’sir qiladi. Sababi, bu ikki misra qo'shilgani holda ular 
orasida nisbatan qisqa (turoqlararo) pauza tushishi lozim bo'ladiki, 
bu narsa intonatsiyaga ta’sir qiladi. Zero, hozirgi holatida har ikki 
misraning alohida satrlarga chiqarilishi ulaming o'qilishidagi ta’kidni 
kuchaytiradi. Xullas, she’rdagi beshta bandning hammasi shu tartibda 
misralarga bo'linganki, bu xil she’rlami getrometrik she’r deb ataladi. 
Yuqorida Navoiy bayti asosida ko'rganimiz har bir ritmik bo'lak (hijo, 
turoq, misra va band)ning o'z holicha ritmik birlik bo'lib kelishi bunda 
kuzatilmaydi. Ya’ni bo'g'inlar soni teng emasligi bois bo'g'inning, 
turoqlardagi bo'g'inlar soni turlichaligi sababli turoqning, misralarda 
turoqlaming bir xil tartib va miqdorda bo'lmaganligi sababli misraning 
ritmik bo'lak (birlik) sifatidagi ahamiyati susayadi, bularning vazifasini 
to'laligicha band o'z zimmasiga oladi. Ya’ni she’ming ritmik qurilishi
Baliqning tishi-la, tilimni tildim, 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling