Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


uchun, awalo, uning ritmik-intonatsion xususiyatlarini belgilovchi


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

uchun, awalo, uning ritmik-intonatsion xususiyatlarini belgilovchi 
unsurlar, vositalar haqida tushunchaga ega boMish zarur.
She’riy nutq haqida gapirganda, awalo, uning muayyan vaznga 
solingan ritmga egaligi ta’kidlanadLRitm juda keng tushuncha boMib, 
u borliqdagi juda ko‘p narsa-hodisalarda kuzatilishi mumkin. Shunga 
ko‘ra, keng ma’noda ritm deganda, muayyan boMaklarning ma’lum 
vaqt oraligMda tartibli takrorlanib turishi tushuniladi. Bu ma’nodagi 
ritm borliqdagi juda ko‘p narsa-hodisalarda, jumladan inson 
organizmida mavjuddir. Masalan, tarnovdan tomchilab turgan 
tomchilar chiqarayotgan tovushda, ariq suvining maromli shildirab 
oqishida, yil fasllarining, kun bilan tunning almashinuvida, 
insonning yurak urishi, nafas olishi, ma’lum bir harakatni bajarishi
— bularning barida ritm kuzatiladi. Tabiiyki, kundalik muloqot nutqida 
ham ma’lum bir ritm mavjud. Awalo, har bir odamning gapirishida 
o ‘ziga xos ritm boMib, bu ritm uning fiziologik imkoniyatlari (mas., 
har bir odamda nafas olish o ‘ziga xos, nutq ritmi esa shunga ko‘p 
jihatdan bogMiq) bilan belgilanadi. Kundalik muloqot nutqidagi ritmga 
ichki va tashqi omillar (kasallik, ruhiy holat — ichki; biror narsadan 
ta’sirlanish, tez harakat qilish, — tashqi) ta’sir qilishi hamda uni 
o‘zgartirishi mumkin. Og‘zaki nutqda kuzatiluvchi bu ritm tabiiy 
ravishda yozma nutqqa ham ko‘chadi, zero, yozganimizda «miya»da 
gapiriladi, o ‘qiganda «tasawurda» eshitiladi. Demak, o ‘z-o ‘zidan 
ayonki, nasriy asarda ham ritm mavjud va u asarning o‘qishli, ta’sirli 
boMishida juda katta ahamiyat kasb etadi. Agar badiiy nasrdagi nutq 
ritmi umuman nutq ritmi bilan izohlansa, she’riy nutq ritmi maxsus 
hosil qilingan hodisadir.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling