Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Chorasiz qolsa odam - muhabbatga suyangay


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

Chorasiz qolsa odam - muhabbatga suyangay...
(A. Ochilov)
Sintaktik parallelizmning boshqa bir turi xiazm deb atalib 
(mumtoz poetikada tardu aks), unda bir misradagi sintaktik qurilma 
ikkinchisida teskari tartibda takrorlanadi:
«Meni ham bir yigit shunday sevsaydi 
Sevib o ‘ldirsaydi meni ham shunday»
(X. Davron)
She’riy sintaksisda eng keng qo‘llaniluvchi vositalardan biri 
takrordir. Avvalo shuni aytish kerakki, takror tilning barcha sathlariga 
xos hodisa bo‘lib, she’riyatda uning bir qator xususiy (tovush takrori, 
s o ‘z takrori, anafora, epifora, m a’no takrori, m a’noning


kuchaytirilgan va susaytirilgan takrori, misra takrori, band takrori) 
ko'rinishlari faol qo'llaniladi. She’riy misralarda bir xil tovushlar 
takrori alliteratsiya deb yuritiladi. Alliterasiyaning vokal alliteratsiya 
(unlilar takrori) va konsonans alliteratsiya (undoshlar takrori) turlari 
mavjud.
So'z takrori ham sintaktik usullardan sanalib, u fikrni ta’kidlab 
ifodalash bilan birga ohangdorlikni oshirishga va shular asosida 
she’ming ta’sir kuchini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, X.Davron 
bir she’rida yozadi:
Oppoq edi boshda bu dunyo,
Ko'cha oppoq, kechalar oppoq.
Qanday yaxshi ekan bolalik,
Oppoq ranglar bilan yashamoq...
Bir bandning o'zida «oppoq» so'zi to'rt marta takrorlanmoqda. 
Bolalik sog'inchi ifodalangan she’rda «oppoq» so'zining ta’kidlab 
takrorlanishi bejiz emas - lirik qahramonning sog'inchi aslida o'sha 
oqlik, musafifolik, beg'uborlik sog'inchidir. Bu o'rinda «oppoq» 
so'zining ta ’kidli takrori lirik qahram on kechinm asining 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling