ifodalanishiga va ayni paytda, o'sha sog'inchning o'quvchiga
yuqtirilishida yetakchi ahamiyat kasb etadi. Anafora (misralar boshida
bitta so'zning takrorlanishi) bilan epifora (misralar oxirida bitta
so'zning takrorlanishi) ham mohiyatan so'z takrorining xususiy
ko'rinishlaridir. Shunga monand, mumtoz she’riyatimizdagi radif
va hojib ham so'z takrorining bir turi bo'lib, ular qat’iy belgilangan
o'rinda - qofiyadan keyin va qofiyadan oldin takrorlanishi bilan
farqlanadi.
She’riy misralarda aynan bir so'zning emas, balki ma’noni
kuchaytirib takrorlashga asoslangan usul gradatsiya deb yuritiladi.
Masalan, Iqbolning she’ridan olingan tubandagi parchada ma’noning
kuchaytirilgan takrori kuzatiladi:
Sevgilim,
dilsizlar dillarimizni,
toshbo‘ron qilsalar,
vayron qilsalar,
tikonlar qoplasa yo‘llarimizni...
E’tibor bering: toshbo‘ron vayronalikka olib keladi, vayrona esa
tikonzorga aylanishi bilan xarakterlanadi - ma’noning kuchaytirilgan
takrori bu o‘rinda lirik qahramon kechinmalaridagi dinamikani berish
bilan birga o ‘quvchida ham tuyg‘uni kuchaytirib, kechinmani
chuqurlashtirib boradi.
Tabiiyki, biz she’riy nutqning tuzilishiga xos barcha xususiyatlar,
barcha usul va vositalarga mufassal to‘xtalish imkoniga ega emasmiz.
Demak, berilgan yo‘nalish asosida bu haqdagi tasavvur va
bilimlaringizni boyitish sizning zimmangizga tushadi. Buning uchun
sizdan she’mi mutaxassis sifatida o‘qish, ya’ni yuragingizni «jiz»
etkizgan she’rga mutaxassis sifatida qarash, o‘sha she’r nimasi bilan
ko‘nglingizga o‘tirishganiyu shoir qaysi usul va vositalar bilan dilingizga
Do'stlaringiz bilan baham: |