ishlatyapmiz va shu bois ham terminologik chalkashlik yuzaga kelmoqda.
Mutaxassis sifatida biz bu xil chalkashlikdan qochishimiz lozim boMadi.
Shu bois ham biz «she’r tizimi» deganda muayyan oMchov
tamoyillarga asoslangan vaznlar majmuini tushunamiz. Masalan,
«aruz tizimi» deyilganda misralarda cho‘ziq va qisqa hijolaming ma’lum
tartibda takrorlanib kelishiga asoslangan «she’riy sistema»
tushuniladiki, bu tizim yuzlab konkret vaznlami o‘z ichiga oladi.
Ma’lum boMdiki, «she’r tizimi» she’r tuzilishining asosini, asosiy
qonuniyatlarini belgilab beradi. Har bir xalq she’riyatidagi «she’riy
tizim» o‘sha xalq tilining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Mavjud she’r tizimlarining hammasida asosiy oMchov birligi sifatida
bo‘g‘in olingan. Bo‘g‘in esa, ma’lumki, turli tillarda turlicha sifat va
miqdor ko‘rsatkichlariga ega. Shunga ko‘ra, jahon xalqlari she’riyatida
mavjud she’riy sisternalar bo‘g‘inning miqdori (sillabik she’r tizimi),
urg‘uli yoki urg‘usizligi (tonik), cho‘ziq yoki qisqaligi (metrik),
baland yoki past talaffuz qilinishi (melodik) kabi jihatlami o'lchov
asosi qilib oladi.
Metrik she’r tizimi misralarda cho‘ziq va qisqa hijolaming muayyan
tartibda (rukn, stopa) takrorlanib kelishiga asoslanadi. Bu she’r tizimi
unlilari cho‘ziq-qisqaligi jihatidan sezilarli farqlanuvchi tillarga ko‘proq
xosdir. Masalan, qadimgi yunon va rim she’riyati metrik sistemaga
asoslangan. Shu bois ham metrik sistema qadimdayoq tugal sistema
sifatida shakllanib, o‘shandayoq uning nazariy asoslari, qat’iy qoidalari
ishlab chiqilgan. Antik adabiyotdagi metrik sistemada qisqa hijo ( v )
mora deb nomlanib, u eng kichik oichov birligi sanalgan. Cho‘ziq
Do'stlaringiz bilan baham: |