Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


ko'rinishi jihatidan nasriy nutqqa o‘xshab ketishi mumkin. Tonik


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

ko'rinishi jihatidan nasriy nutqqa o‘xshab ketishi mumkin. Tonik 
she’riyatning alohida bir ko‘rinishi sifatida sillabo-tonik she’r tizimini 
ko‘rsatishimiz mumkin. Bu she’r tizimi XYIII asr o‘rtalaridan 
boshlab rus she’riyatida qaror topa boshlagan va hozirda unda yetakchi 
mavqe egallaydi. Unda misralarda urg‘uli bo‘gMnlaming muayyan 
tartibda (beshta asosiy turoq shaklida: - v, v -, - - v, v - -, - v - ) 
takrorlanib kelishi oMchov asosi sanaladi.
Hozirgi o‘zbek she’riyatining yetakchi she’r tizimi - barmoq, 
yuqorida aytilganidek, misralardagi bo‘gMnlar sonining tengligiga 
asoslanadi. A.Fitrat barmoq vaznini milliy vazn deb atarkan, shunday 
yozadi: «Milliy vaznimizda asos so‘z bo‘gMmlarining sanogMdir. Bir 
baytning birinchi misra’i necha bo‘gMm esa, ikkinchi misra’i ham 
shuncha bo‘gMm boMadir. Bo‘gMmlaming harf, cho‘zgM sonlariga esa 
ahamiyat berilmaydir»,- deb yozadi. Fitratning barmoqni «milliy vazn» 
deb atashiga asos shuki, barmoq tizimi o‘zbek tili tabiatiga, uning 
tovush xususiyatlariga muvofiq keladi. Shu bois ham o‘zbek xalq 
og‘zaki ijodi namunalari asosan barmoqda yaratilgan. Keyinroq, arab 
istilosidan keyin yozma adabiyotda aruz qaror topgan boMsa-da, xalq 
og‘zaki ijodining asosiy she’r tizimi barmoq boMib qolaverdi. Bu, 
birinchi galda, barmoqning o‘zbek tili xususiyatlariga toMa muvofiqligi 
bilan izohlanadi. XX asr boshlaridan, jadid shoirlar ChoMpon, Fitrat, 
Hamzalaming ijodi bilan she’riyatimizda yana barmoqning yetakchilik 
davri boshlandi.


Barmoq she’r tizimida mutaxassislar 4 bo‘g‘inlidan tortib 16 
bo‘g‘inligacha boMgan vaznlar tarqalganini ta’kidlaydilar. Vazn har 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling