atamasi uning asoschisi Halil ibn Ahmad yashagan joydagi vodiy
nomi bilan bogMiq ekan. Boshqa aruzshunoslar, xususan, Vohid
Tabriziy esa «aruz» arab tilida chodimi tutib turish uchun o‘rtaga
qo'yiladigan yog‘och(ustun)ni anglatadi va aruz atamasi shu so‘zdan
olingan, deb hisoblaydilar. Ular bu fikrning qo'shimcha asosi sifatida
yana baytdagi birinchi misraning ham «aruz» deb atalishi, baytning
ham (xuddi chodir «aruz»ga tayanganidek) shu ruknga tayanishi,
ya’ni shu rukn o'qilganda she’rning qaysi vaznda ekanligi aniq
boMishini keltiradilar. Bu fikrlaming qaysi biri haqiqatga yaqinligidan
qat’i nazar, biz «aruz»ning istilohiy ma’nosi bilan ish ko'ramiz,
ya’ni «aruz» deganda, sharq she’riyatida keng tarqalgan metrik she’r
tizimini tushunamiz.
Mutaxassilar aruz she’r tizimi arab adabiyotida YIII asrdan
maydonga kelgani va IX asidanoq forsiy tildagi adabiyotda ham qo'llanila
boshlaganini qayd qiladilar. Turkiy xalqlar adabiyotida, jumladan
o'zbek adabiyotida ham aruzning qo'llanila boshlashi taxminan shu
vaqtga to'g'ri keladi, degan fikr mavjud. Fitrat bu haqda to'xtalib:
«Bizning O'rta Osiyo turklari tomonidan qachon qabul etilgani aniq
emas. Biroq hijriy 462 da Qashqarda yozilgan mashhur «Qutadg'u
bilik» kitobining shu aruz vaznida yozilg'ani e’tibor etilsa, juda eskidan
qabul etilgani ma’lum bo'ladur», deb yozadi. Modomiki, turkiy tildagi
aruzda yaratilgan ilk asar sifatida hozircha «Qutadg'u bilik» tan olinar
ekan, aruzning turkiy adabiyotda qaror topishi taxminan X-XI asrlarga
to'g'ri keladi deyish mumkin.
Aruzdagi eng kichik ritmik bo'lak sifatida ayrim mutaxassislar
(arab va fors aruzshunosligi an’analariga muvofiq) harfni, boshqalari
Do'stlaringiz bilan baham: |