esa (turkiy tillar va turkiy aruz xususiyatlaridan kelib chiqib) hijoni
ko'rsatishadi. Ya’ni eng kichik ritmik bo'lak sifatida harfning olinishi
arab tili (va yozuvi) uchun xosroq, o'zbek tili uchun esa hijoning
olingani qulayroq. Shunday bo'lsa ham, aruzdagi tarkiblanishni
yaxshiroq tasavvur qilish uchun harf eng kichik birlik sifatida olingan
holatdagi tarkiblanishga qisqacha to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq.
Demak, arab aruzshunosligida eng kichik ritmik bo'lak — harf,
harf esa ikki turli bo'ladi: mutaharrik (cho'zg'ili) va sokin (cho'zg'isiz).
Cho'zg'i deganda, unli tovush tushuniladi. Masalan, «ko'z» so'zi
ikkita harf: bir mutaharrik («ко'») va bir sokindan («z») tarkib
topadi. Mutaharrik va sokin harflaming muayyan tartibda qo'shilishidan
juzvlar yuzaga keladi. Juzvlar harfga nisbatan kattaroq ritmik bo'lak
sanalib, ular har biri o'z ichida ikkiga bo'linadigan uch turga ajratiladi:
sabab, vatad va fosila. Juzvlarning muayyan tartibda birikishidan
ruknlar, ruknlarning she’r misrasida muayyan tartibda
takrorlanishidan bahrlar hosil bo'ladi. Bulardan anglashiladiki, aruz
qismlari o'zaro mustahkam aloqada bo'lgan sistema sifatida juda puxta
ishlangan she’r tizimi ekan.
O'zbek aruzi uchun eng kichik ritmik bo'lak sifatida hijo olinishi
aytildi. Hijolar uch turli bo'ladi: qisqa, cho'ziq va o'ta cho'ziq. Birgina
qisqa unlidan (a -lam, i - lik) iborat bo'lgan yoki qisqa unli bilan
tugagan ochiq bo'g'in (ma - kon, ba - lo) qisqa hijo hisoblanadi, u
paradigmada (v) belgisi bilan ifodalanadi. Cho'ziq hijo cho'ziq unli
bilan tugagan ochiq bo'g'in yoki qisqa unlili yopiq bo'g'inga teng
bo'lib, paradigmada (-) belgisi bilan ifodalanadi. Tarkibida cho'ziq
unli bo'lgan (chi - roq) yoki qo'sh undosh bilan tugallangan yopiq
Do'stlaringiz bilan baham: |