faolligi jihatidan bir-biridan sezilarli farqlanadi. Jumladan, aruzshunos
A.Hojiahmedov ma’lumotiga ko'ra, ulardan 7 tasi ( vofir, muqtazab,
madid, basit, qarib, mushokil, g'arib) o'zbek she’riyatida mutlaqo
qoilanilgan emas; mutadorik, komil va tavil bahrlaridan juda kam
shoirlar foydalanganlar. Qolgan 9 ta bahr (hazaj, ramal, rajaz,
muzori’, xafif, mujtass, munsarih, sari’, mutaqorib) o'zbek
she’riyatida faol qo'llanilgan.
She’r misrasida bahrlardagi asllar o'zgarishsiz yoxud ma’lum
o'zgarishga uchragan holda takrorlanishi mumkin. O'zgarishsiz
takrorlangan asllardan hosil bo'luvchi bahrlar solim bahrlar deb
yuritilsa, o'zgarishga uchragan ruknlari (furu’) bo'lgan bahrlar far’iy
hisoblanadi.
Asllarning o'zgarishga uchrashi aruzshunoslikda «zihof» deb
yuritiladi. Zihoflar turlicha ko'rinishga ega bo'lib, bunda asllar
tarkibidagi hijolardan biri yoki bir nechasining tushirib qoldirilishi;
sifat o'zgarishiga (qisqa hijoning cho'ziqqa, cho'ziq hijoning qisqaga,
cho'ziq hijoning o'ta cho'ziqqa aylanishi) uchrashi; bir paytning
o'zida ham hijo tushishi, ham qolgan hijolarning sifat o'zgarishga
uchrashi mumkin. Aruzshunoslikda har bir zihofning, shuningdek,
shu zihofga uchrashdan hosil bo'lgan tarmoq ruknning o'z nomi
mavjud. Masalan, she’riyatimizda eng faol qoilaniluvchi asllardan
sanaluvchi mafoiylunning tarmoqlarini ko'rib o'tishimiz mumkin.
Mafoiylun asli 12 xil zihofga uchraydi va bundan tubandagi 12 tarmoq
(furu’) yuzaga keladi:
1. Qabz zihofiga uchraganda mafoiylun ( v -----) aslining uchinchi
cho'ziq hijosi qisqaga o'zgaradi(v - v -) va hosil bo'lgan tarmoq
rukni «maqbuz» (mafoilun) deb ataladi.
2. Kaff zihofiga uchraganda mafoiylun ( v -----) aslining to'rtinchi
Do'stlaringiz bilan baham: |