Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


— zarb deb nomlanadi. Sadr bilan aruz, ibtido bilan zarb orasidagi


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

— zarb deb nomlanadi. Sadr bilan aruz, ibtido bilan zarb orasidagi 
ruknlar hashv deb yuritiladi. Shunga ko'ra amzda murabba’, 
musaddas va musamman vaznlari ajratiladi. Agar baytda to'rtta rukn 
bo'lsa — murabba’, oltita rukn bo'lsa, — musaddas, sakkizta rukn


bo‘lsa, musamman vazni yuzaga keladi. Buni taqti’ bilan quyidagicha 
ko'rsatish mumkin:
mafoiylun / mafoiylun
mafoiylun / mafoiylun — murabba’ vazni;
mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun
mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun — musaddas vazni;
mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun 
mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun — musamman 
vazni.
Aruzda yozilgan she’r vaznini aniqlash uchun, avvalo, bir baytni 
vaznga muvofiq o'qish, uning taqti’sini chizish, asi va tarmoq 
ruknlarini aniqlash kerak bo'ladi. Masalan, Navoiyning:
Furqat ichra qon yutub g'am birla chektik ohi sard,
Kim xazon avroqidek bo'ldi yuzim hajrida zard, — 
baytining vaznini aniqlash quyidagicha amalga oshiriladi:
1) baytni vaznga muvofiq ifodali o'qiladi, ya’ni o'qish davomida 
baytdagi qisqa, cho'ziq va o'ta cho'ziq hijolar his qilinishi, farqlanishi 
kerak;
2) baytning taqtesi chiziladi:
- V - - / - V - - / - V - - / - V ~
- V - - / - V - - / - V - - / - V ~
3) asi va tarmoq ruknlar aniqlanadi. Taqti’dan ko'rinishicha, 
ushbu baytda foilotun asli (- v - -) va uning maqsur tarmog'i (- v 
~) mavjud. Endi ushbu vaznning nomlanish tartibi qanday yuzaga 
kelishi tushunarli bo'ladi: foilotun ruknining takroridan ramal bahri 
yuzaga keladi, demak, bayt ramal bahrida yozilgan; baytda sakkizta 
rukn qatnashgan, demak, u musamman vaznida; baytning aruz va 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling