Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Adabiy tur tushunchasi. Badiiy adabiyotni turlarga ajratish


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

Adabiy tur tushunchasi. Badiiy adabiyotni turlarga ajratish 
prinsiplari. Adabiy turlar orasida chegaraning shartliligi. Adabiy turlar 
mavqeining o‘zgaruvchanligi.
An’anaviy ravishda badiiy asarlarni uchta katta guruhga — epik, 
lirik va dramatik turlarga ajratib kelinadi. Adabiyotshunoslikda badiiy 
asarlarni turlarga ajratish masalasi qadimdan ishlanib keladiki, bu 
uning adabiyotshunoslikning muhim nazariy masalalaridan ekanligini 
ko'rsatadi. Miloddan avvalgi 384-322 yillarda yashagan qadim yunon 
qomusiy olimi Aristotel (Arastu) o'zining «Poetika» nomli asarida 
badiiy asarlarni turlarga ajratish an’anasini boshlab bergan. Aristotel 
san’atni tabiatga «taqlid qilish» deb tushungan va uning fikricha, 
tabiatga uch xil yo'sinda: 1) o'zidan tashqaridagi narsa to'g'risida 
hikoya qilayotgandek; 2) taqlidchi o'z holicha qolgan, qiyofasini 
o'zgartirmagan holda va 3) tasvirlanayotgan kishilami faol harakatda 
taqdim etgan holda taqlid qilish mumkin. deb bilgan. Ko'ramizki. 
bu o'rinda badiiy adabiyotning uchta turi: epos, lirika va drama 
ajratilmoqda. Adabiy turlami ajratishda taqlid usulini asosga qo'yish 
an’anasi XYIII asrgacha davom qilib keldi. XYIII asrga kelib nemis 
faylasufi Gegel badiiy adabiyotni turlarga ajratishda tasvir perdmetini, 
ya’ni konkret asarda nima tasvirlanayotganini asos qilib oldi: epos - 
voqeani, lirika - ruhiy kechinmani, drama harakatni tasvirlaydi. 
Keyinroq, XIX asrda yashagan rus tanqidchisi V.G.Belinskiy ham, 
asosan, Gegel an’anasini davom ettirdi. Ayni paytda, u asardagi 
obyekt (voqelik) va subyekt (ijodkor) munosabatini ham e’tiborga 
oldi, ya’ni eposda obyektivlik, lirikada subyektivlik, dramada ikkisining 
qorishiqligi kuzatilishini ta’kidladi. Eposni «obyektiv poeziya» (poeziya



Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling