Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


endi har bir adabiy turga mansub adabiy asarlarga ko'proq xos bo'lgan


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

endi har bir adabiy turga mansub adabiy asarlarga ko'proq xos bo'lgan 
(ya’ni belgilovchi bo'lmagan) xususiyatlar haqida ham to'xtalish 
mumkin.
F.pik. lirik va dramatik asarlar o'zlarining nutqiy shakllanishi 
jihatidan bir-biridan farqlanadi. Lirik asarlar, ma’lumki, asosan tizma 
(she’riy) nutq shaklida mavjud. Ayni paytda, sochma(nasriy) nutq 
shaklida yozilgan lirik asarlar borligini ham unutmaslik kerak. Masalan, 
Cho'lpon, Fitrat, Mirtemir, I.G'afurov singari ijodkorlaming nasriy 
she’rlari (ular «mansuralar», «sochma» atamalari bilan ham 
yuritiladi) adabiyot ixlosmandlariga yaxshi tanish. Shuningdek, 
adabiyotimizda nasriy yo'lda yozilgan lirik dostonlar ham mavjud 
bo'lib, ularga Cho'lponning «Oktyabr qizi», A.A’zamning «O'zim 
bilan o'zim» singari asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Epik 
asarlar asosan sochma nutq shaklida yaratiladi. Shu bilan birga,


adabiyotimizda she’riy yo‘lda yozilgan epik asarlar ham ancha keng 
tarqalgan. Masalan, B.Boyqobilovning «Kun va tun» she’riy qissasi,
H.Sharipovning «Bir savol», Muhammad Alining «Boqiy dunyo» 
she’riy romanlari she’riy yo'lda bitilgan epik asarlardir.
Turli adabiy turga mansub asarlar o‘zaro badiiy vaqt hissi nuqtai 
nazaridan ham farqlidir. Masalan, lirik asarlar «hozir ko‘ngildan 
kechayotgan» his-tuyg‘ulami tasvirlashi bilan xarakterlanadi. Deylik, 
A.Navoiyning «Kelmadi» radifli g‘azali yozilganiga 500 yildan ziyod 
vaqt bo'ldi. Shunga qaramay, uni o‘qigan she’rxonda lirik qahramon 
kechinmalari ayni hozir ko‘nglidan kechayotgandek tuyuladi, g‘azalni 
qachon o‘qishidan qat’i nazar, o ‘quvchi lirik qahramon 
kechinmalarini u bilan birga «hozir» ko‘nglidan kechiradi. Demak, 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling