mazkur xususiyatni ham turga ajratishning asosi, turga mansublikni
belgilovchi xususiyat sifatida ko‘rsatadilar. Biroq bu turga mansublikni
belgilovchi xususiyat boiolmaydi. Negaki, har qanday badiiy asarda
ham, uning turga mansubligidan qat’i nazar, konfliktning har uchala
navi mavjud; ular o‘zaro aloqada bo‘lib, biri ikkinchisini yuzaga
chiqaradi, biri orqali ikkinchisi ifodalanadi.
Shunisi ham borki, adabiy turlar orasida qat’iy chegara, «xitoy
devori» mavjud emas. Ya’ni badiiy asarlarni adabiy turlarga ajratishda
ma’lum shartlilik bor, zero, bitta adabiy turga xos xususiyatlar boshqa
bir adabiy turga mansub asarlarda ham namoyon bo'lishi mumkin.
Boz ustiga, badiiy adabiyot rivoji davomida adabiy turlar bir-birini
boyitadi, ular orasida sintezlashuv jarayonlari kechadi. Masalan,
zamonaviy proza (epos) o‘ziga dramaga xos elementlami singdirgani
uning tasvir va ifoda imkoniyatlarini kengaytirdi. Hozirgi epik asarlarni
ulardagi dialoglar, boshqacha aytsak, «sahna-epizod»larsiz tasavvur
qilib boimaydi. Epik turning takomili davomida dramaga xos syujet
qurilishining ta siri tobora kucliayib borishi kuzatiladiki, bu narsa
epik asarlarda syujet vaqtining qisqarishi, voqealarning dramatik shiddat
bilan rivojlanishi va buning natijasi oiaroq, asarning o‘qishli bo‘lishiga
olib keladi. Shu bilan bir qatorda, drama yoxud lirikaga epik
elementlaming kirib kelishi ham ularning badiiy imkoniyatlarini
kengaytiradi. Masalan, hozirgi she’riyatda ancha keng o‘rin tutuvchi
voqeaband she’rlami eposning lirikaga ta’siri natijasi sifatida tushunish
mumkin. Shunga o‘xshash, hozirgi she’riyatdagi tavsifiy lirika
namunalarida epik unsurlar salmoqli o‘rin tutishi ham turlararo
Do'stlaringiz bilan baham: |