bu o'rinda umuman badiiy adabiyot ma’nosida) deb atarkan,
Belinskiy epik asar muallifi
0
‘zining ixtiyoridan tashqari «o'z-o'zicha
amalga oshgan narsaning oddiy hikoyachisi» maqomida turishini,
lirikani «subyektiv poeziya» deganida esa «unda ijodkor shaxsiyatining
birinchi planda turishi va barcha narsa uning shaxsiyati orqali qabul
qilinishi va anglanishi»ni nazarda tutadi. Shuni unutmaslik kerakki,
obyektivlik va subyektivlik degan tushunchalami mutlaqlashtirmaslik
zarur. Zero, eposni «obyektiv poeziya» deganimizda uning faqat
o‘quvchi nazdidagina «obyektivlik» illyuziyasini hosil qilishi nazarda
tutiladi, aslida esa epik asarda ham subyektiv ibtido mavjuddir.
Albatta, har bir adabiy turning qator o'ziga xos jihatlari, o‘ziga
xos xususiyatlari bor. Masalan, shulardan biri - lirik asarlaming
asosan she’riy yo‘l bilan, epik asarlaming asosan nasriy yoi bilan
yozilishi. Xo'sh, ayni shu narsa adabiy turning belgilovchi xususiyati
sanala oladimi? Yo'q, chunki, she’riy yo'l bilan yozilgan epik va
dramatik asarlar bo‘lganidek, nasriy yo'l bilan yozilgan lirik asarlar
ham mavjud. Shuningdek, konkret adabiy turga mansub asarlaming
hajmi, ulardagi yetakchi nutq shakli, konflikt turi, problematikasi
kabilarda ham sezilarli farqlar kuzatiladi. Lekin bu xususiyatlardan
qay birlari belgilovchi sanalishi mumkin?
Mavjud tasnif prinsi plari orasida, bizningcha, Gegel taklif etgan
tasvir predmetidan kelib chiqqan holda turlarga ajratish tamoyili
hozircha eng maqbuli ko'rinadi. Ya’ni biz badiiy asarlarni turlarga
ajratishda konkret asarda nima tasvirlanganidan kelib chiqamiz: dramatik
asarda harakat, lirik asarda kechinmalar, epik asarda voqelik (voqealar)
Do'stlaringiz bilan baham: |