va qo‘shma turlari ajratiladi. Sodda vazndagi she’rlaiga yuqoridagilar
misol bo‘lib, ulaming misralaridagi bo‘g‘inlar soni o‘zaro teng boMadi.
Qo‘shma vazndagi she’rda esa misralardagi bo‘g‘inlar soni bir xil
emas:
Ushbu she’r vaznining qo‘shma vazn deyilishiga sabab shuki,
agar uning ikkita misrasini birlashtirsak, go‘yo misralardagi bo‘g‘inlar
sonining tengligi tiklanadi:
Qoqiladi / xorg‘in otlar, / g‘ijirlaydi / arava.
15 (4+4+4+3)
g'ildiraklar / izi yo‘lda / To‘zg‘iyotgan / kalava. 15 (4+4+4+3)
Ko‘ramizki, mazkur she’r ham mohiyat e’tibori bilan barmoq
tizimiga mansub, faqat uning misralari bo‘lingan-da, alohida satrga
chiqarilgan. Misralaming qat’iy tartibda bo‘lingani she’ming ritmik
xususiyatlariga, ohangiga muayyan o‘zgarishlar kiritadi va uning
ta’sirdorligini oshiradi. Demak, qo‘shma vazn deganda, misralar
qo‘shilganda izosillabizm (bo‘g‘inlar miqdorining tengligi)
tiklanadigan she’rlarni tushunish lozim ekan. Shunisi ham borki,
qo‘shma vazn barmoqdan sarbast (erkin she’r) tomon siljishdagi
ilk qadam sanalishi mumkin. Bu siljishdagi keyingi qadam sifatida
barmoqda yozilgan getrometrik she’rlarni olish mumkin.
Getrometkrik she’rlarning qo'shma vaznli she’rlardan farqi shuki,
Qoqiladi / xorg‘in otlar
g‘ijirlaydi / arava.
g‘ildiraklar / izi yo‘lda
To‘zg‘iyotgan / kalava
8 (4 + 4)
7 (4 + 3)
8 (4 + 4)
7 (4 + 3)
(U.Azim)
ularda izosillabizm bandlararo sathda namoyon bo‘ladi. Masalan,
Mirtemirning «Qo'shiqlar» turkumiga kiruvchi qo‘shma vaznda
yozilgan she’rlaridan biri tubandagicha bandlardan tarkib topsa:
Do'stlaringiz bilan baham: |