hijo (-) ikki moraga (v v ) teng deb qaralgan. Shuning o‘ziyoq
metrik she’r tizimida misralardagi bo‘g‘inlar soni turlicha bo‘lsa-da,
ulaming talaffuz vaqti teng bo‘lganligini va ayni shu narsa izometriyani
(izoxroniya asosida) ta’minlaganini ko'rsatadi. Sharq she’riyatida
yetakchi o‘rin tutgan aruz ham metrik sistemaning bir ko‘rinishidir.
Sillabik she’r tizimida misralardagi bo‘g‘inlar miqdorining tengligi
o‘lchov asosi sanalib, bu tizim bo‘g‘inlari sifat jihatidan sezilarli
farqlanmaydigan
tillarga
xosdir. Masalan, o‘zbek tilida bo‘g‘in cho‘ziq-
qisqaligi jihatidan (mas., arab tilidagi singari) sezilarli farq qilmaydi,
urg‘u ham turg‘un (asosan, so‘z oxirida) xarakterga ega. Shuning
uchun ham sillabik she’r tizimi o‘zbek tili xususiyatlariga ko‘proq
muvofiq keladi - she’riyatimizda qadimda (mas., folklor) va hozirgi
kunda barmoqning yetakchilik qilishi shu bilan izohlanadi. Sillabik
she’r sistemasi polyak, serb va xorvat she’riyatlarida ham yetakchi
o‘rin tutadi. Shu o'rinda she’r tizimi tilning tabiatiga mos boMishi
zarurligining yorqin misolini keltirib o‘tish joiz. Rus she’riyatida polyak
she’riyati ta’sirida XYIII asrgacha sillabik she’r tizimi qo'llangan.
Urg‘usi turg‘un boMgan bu tizim urg‘u o‘mi muqim boMmagan rus
tili tabiatiga mos emas edi, shu bois ham u rus she’riyatida uzoq
yashay olmadi.
Tonik she’riyatda misralardagi urg‘ular miqdori oMchov asosi
qilib olinadi. Ya’ni bu tizimda misralardagi bo‘gMnlar miqdori
ahamiyatsiz, urg‘ular miqdori teng boMsa kifoya. Bilasizki, so‘zlar
turli bo‘gMnlardan tarkib topadi, ulaming ayrimlari urg‘u olmaydi.
Demak, tonik she’ming misralari bir-biridan keskin farqlanishi, tashqi
Do'stlaringiz bilan baham: |