Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


vaqtini «synjet vaqti», asar voqealarining hikoya qilinish vaqtini


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

vaqtini «synjet vaqti», asar voqealarining hikoya qilinish vaqtini 
«kompozitsiya vaqti» deb oladigan bo'lsak, u holda bu ikkisi har vaqt 
ham bir-biriga mos kelmasligi ko'riladi. Chunki asar (bu o'rinda epik 
asarlar nazarda tutiladi) ustida ishlayotgan yozuvchi ijodiy niyatini 
amalga oshirish yo'lida «badiiy vaqt» imkoniyatlaridan turli yo'sinlarda 
foydalanishi mumkin. Deylik, u zarur o'rinda asar vaqtidan chekinib, 
o'tmishda yuz bergan voqealami tasvirlashi («retrospektiv vaqt»), 
yuz berishi jihatidan bir paytga to'g'ri keladigan voqealami navbati 
bilan tasvirlashi («parallel vaqt» - bu asosiy syujet chizig'iga nisbatan 
olinadi) mumkin. Asar syujetidagi voqealar o'quvchi tasawurida 
uzluksizlik illyuziyasini hosil qilgani (shu bois ham biz syujet voqealari 
haqida gapirganda «keyin bunday bo'ladi» deymiz, «shuncha vaqtdan


keyin bunday boMadi» demaymiz) holda, haqiqatda ulaming orasida 
katta vaqt bo‘shlig‘ining boMishi tabiiydir. Masalan, S.Ayniyning 
«Qullar» romanida bir asrdan ziyod, «Mehrobdan chayon»da esa 
atigi olti oyga yaqin vaqt davomida kechgan voqealar qalamga olinadi. 
Shunga qaramay, bu ikki roman bir-biridan hajm (yoki hikoya qilinish 
vaqti) jihatidan unchalik katta (ularda tasvirlangan vaqtga mutanosib 
ravishda) farq qilmaydi. Zero, xronikali syujet asosiga qurilgan 
«Qullar»da kompozitsiya vaqti voqealarning yuz berish vaqtining 
uzunligi hisobiga cho‘zilsa, konsentrik syujet asosidagi «Mehrobdan 
chayon»da retrospektiv va parallel vaqtlar hisobiga kengaygan. Demak, 
badiiy vaqt — shartli tushuncha, bu shartlilik syujet vaqtini 
kompozitsiya vaqti doirasiga sig‘dirish talabi bilan yuzaga keladi.

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling