Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


bu o'rinda umuman badiiy adabiyot ma’nosida) deb atarkan


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

bu o'rinda umuman badiiy adabiyot ma’nosida) deb atarkan, 
Belinskiy epik asar muallifi 
0
‘zining ixtiyoridan tashqari «o'z-o'zicha 
amalga oshgan narsaning oddiy hikoyachisi» maqomida turishini, 
lirikani «subyektiv poeziya» deganida esa «unda ijodkor shaxsiyatining 
birinchi planda turishi va barcha narsa uning shaxsiyati orqali qabul 
qilinishi va anglanishi»ni nazarda tutadi. Shuni unutmaslik kerakki, 
obyektivlik va subyektivlik degan tushunchalami mutlaqlashtirmaslik 
zarur. Zero, eposni «obyektiv poeziya» deganimizda uning faqat 
o‘quvchi nazdidagina «obyektivlik» illyuziyasini hosil qilishi nazarda 
tutiladi, aslida esa epik asarda ham subyektiv ibtido mavjuddir.
Albatta, har bir adabiy turning qator o'ziga xos jihatlari, o‘ziga 
xos xususiyatlari bor. Masalan, shulardan biri - lirik asarlaming 
asosan she’riy yo‘l bilan, epik asarlaming asosan nasriy yoi bilan 
yozilishi. Xo'sh, ayni shu narsa adabiy turning belgilovchi xususiyati 
sanala oladimi? Yo'q, chunki, she’riy yo'l bilan yozilgan epik va 
dramatik asarlar bo‘lganidek, nasriy yo'l bilan yozilgan lirik asarlar 
ham mavjud. Shuningdek, konkret adabiy turga mansub asarlaming 
hajmi, ulardagi yetakchi nutq shakli, konflikt turi, problematikasi 
kabilarda ham sezilarli farqlar kuzatiladi. Lekin bu xususiyatlardan 
qay birlari belgilovchi sanalishi mumkin?
Mavjud tasnif prinsi plari orasida, bizningcha, Gegel taklif etgan 
tasvir predmetidan kelib chiqqan holda turlarga ajratish tamoyili 
hozircha eng maqbuli ko'rinadi. Ya’ni biz badiiy asarlarni turlarga 
ajratishda konkret asarda nima tasvirlanganidan kelib chiqamiz: dramatik 
asarda harakat, lirik asarda kechinmalar, epik asarda voqelik (voqealar) 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling