tasvirlanadi. Mazkur qarashni biroz rivojlantirib, turlarga ajratishda
badiiy asarda nimaning obrazi yaratilganini qo'shimcha asos sifatida
qabul qilish mumkinki, bu tasvir predmeti asosidagi tasnifni
to'ldiradi: lirikada subyektning noplastik obrazi, buning ziddi o'laroq
dramada obyektning plastik obrazi, eposda esa obyekt va subyektning
qorishiq obrazi yaratiladi. Nima uchun lirikada «subyektning noplastik
obrazi» yaratiladi, deb aytamiz? Ma’lumki, lirik asarning yetakchi
obrazi — lirik qahramon. Biz lirik asami o‘qiganimizda, lirik qahramon
holatini, kayfiyatini, kechinmalarning qanday holatda yuzaga
kelganligini, uning his-kechinmalariga turtki boMgan voqelik
fragmentlarini his qilishimiz, tasavvur qilishimiz mumkin. Biroq
lirik qahramonning o‘zini, aytaylik, romandagidek jonli inson (ya’ni
obyektivlashtirilgan tasvir) sifatida ko‘z oldimizga keltirolmaymiz.
Dramada biz obyektning plastik obrazini ko'ramiz - qahramonlar
real xatti-harakatda bo'ladilar, ulami jonli inson sifatida ko'rsatiladi.
Ayni paytda, dramada subyekt obrazi yo'q. Eposda bu ikkisiga xos
xususiyat qorishiq: biz so'z bilan tasvirlangan badiiy voqelikni
xayolimizda jonlantirishimiz mumkin, ayni paytda, unda muallif
obrazi ham mavjud. Epik asardagi muallif obrazi ham, xuddi lirik
asardagidek noplastik obraz, zero, biz uning voqea-hodisalarga
munosabati, kayfiyati, o'y-qarashlarini va h.k. har vaqt sezib turamiz,
biroq muallif obrazi boshqa personajlar obrazi singari ko'z oldimizda
jonli inson sifatida gavdalanmaydi (asarda uning obyektivlashtirilgan
tasviri yo'q).
Adabiy turlarga ajratishning belgilovchi prinsi pini aniqlab olgach,
Do'stlaringiz bilan baham: |