Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

yopib turar tuynukni kimdir...
Mazkur she’rda lirik qahramon ruhiyatidan o‘tkazib berilgan 
tabiat tasvirida uning kayfiyati, kechinmalari, o‘y-fikrlari o‘z aksini 
topgan. Lirik qahramon o‘zini asirlikdagi bahodirdek sezadi, tun tasviri 
uning ruhiyatidagi shu sezgini kuchaytirib ifodalaydi. She’ming kuchi 
shundaki, lirik qahramonning konkret holatdagi kayfiyati o‘quvchi 
ruhiyatida shunga monand turfa kayfiyatlarni hosil qilishga, shu 
kayfiyat asosida ko‘nglidan kechinmalar bo‘hronini, ongidan o‘y- 
fikrlar oqimini o‘tkazishga imkon beradi. Aslida shoiming tub maqsadi 
tabiat manzarasini chizishgina emas, shu bois u konkret manzarani


hissiy bo'yoqlar bilan chizganki, natijada tabiat manzarasi ayni paytda 
qalb manzarasiga aylangan. Peyzaj lirikasi tavsifiy she’rlarning bir 
ko'rinishi, xolos. Zero, biror narsa yoki hodisani tavsiflash asosida 
lirik qahramon kechinmalarini ifodalovchi she’rlaming bari tavsifiy 
lirikaga mansubdir. Jumladan, A.Oripovning vatanni tavsiflovchi 
«0‘zbekiston», hazrat Navoiyga bag'ishlangan «Alisher», nogoh 
uchragan go'zal tavsiflangan «Go'zallik» kabi she’rlari ham tavsifiy 
lirika namunalari sanaladi.
Nihoyat, hozirgi she’riyatda ancha keng tarqalgan voqeaband 
lirika xususida. Xuddi tavsifiy lirikaga o'xshash, voqeaband lirikada 
voqeani tasvirlash maqsad emas, balki vosita sanaladi. Voqea ortida 
uni hissiy mushohada qilayotgan lirik subyekt qalbi akslanadi. Aytish 
kerakki, voqeaband she’rlaming barini ham lirik turga mansub asarlar 
sifatida tushunish unchalik to'g'ri emas. Qachonki she’rda 
tasvirlanayotgan voqea his-tuyg'ulami ifodalash vositasi bo'lsa, sodir 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling