Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


mazmundan kelib chiqish (ishqiy lirika, falsafiy lirika, siyosiy lirika


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

mazmundan kelib chiqish (ishqiy lirika, falsafiy lirika, siyosiy lirika 
qabilida ajratish) ham maqbul emas. Boz ustiga, bu holda janr 
mohiyatini buzib tushungan bo'lib chiqiladi. Zero, janr ma’lum bir 
mazmunni shakllantirish va ifodalashga xizmat qiluvchi shakl hodisasi 
ekanligi ayon haqiqatdir.
Ma’lumki, klassik she’riyatimizda faol ishlatilgan ayrim turg'un 
janrlar (g'azal, ruboiy, qasida va b.), shuningdek, xorijiy 
adabiyotlardan o'zlashgan turg'un she’riy shakllar (sonet, rondo, 
tanka, xokku va b.) hozirgi she’riyatda, xususan, o'zbek she’riyatida 
ham oz bo'lsa-da qo'llaniladi. Buning ustiga adabiyotshunos faqat 
hozirgi adabiyotni o'rganish bilan cheklanmaydi, u, ayniqsa nazariy 
masalalami o'rganish va xulosalar chiqarish jarayonida, umuman 
jahon adabiyoti materialiga tayanadi. Shunga ko'ra, o'zbek she’riyatida 
qo'llanilgan she’riy janrlarni, bizningcha, tubandagicha janr turlariga 
ajratish mumkin:
1) 
shakl xususiyatlariga ko'ra (bandning tarkiblanishi, 
qofiyalanish tartibi va h.k.) ajraluvchi janrlar: g'azal, mustazod, 
tuyuq, ruboiy, taijiband, tarkibband, musammatlar.
2) anjumanga mo'ljallangan janrlar: nazira, badiha, muammo, 
chiston (lug'z);
3) xorijiy adabiyotlardan o'zlashgan janrlar: sonet, xokku, 
tanka, oktava, oq she’r, epigramma va h.;
4) hozirgi she’riyat janrlari: avtopsixologik lirika (uning 
ko'rinishlari sifatida meditativ lirika va intellektual lirika), ijroviy lirika, 
tavsifiy lirika, voqeaband lirika.
Hoziigi she’riyatda qo'llaniluvchi janrlarni yuqoridagicha turlarga 
ajratar ekanmiz, biz ulaming shakl xususiyatlariga, biroq, mumtoz 
adabiyotdagidan farqli o'laroq, ichki shakl xususiyatlariga tayanamiz. 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling