Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


ko‘proq personajning o'zi bilan o'zi yoki xayolidagi kim bilandir


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

ko‘proq personajning o'zi bilan o'zi yoki xayolidagi kim bilandir 
suhbati, bahsi, kimgadir murojaati tarzida quriladi. Ya’ni bitta 
personaj tilidan aytilgani holda ham dramadagi monologik nutq 
qisman dialogik asosga egadir.
Dramatik asarning o'qilishi va sahna talqinida bir qator o'ziga 
xosliklar mavjud. Dramani o'qiyotgan o'quvchining ijodiy faolligi 
bilan shu asar asosidagi spektaklni tomosha qilayotgan 
tomoshabinning ijodiy faolligi bir xil emas. O'quvchi o'qish jarayonida 
«rejissyor» vazifasini zimmasiga oladi, dramani tasawuridagi sahnada 
jonlantiradi; ayni paytda u «aktyor» sifatida har bir personajning 
rolini o'ynashi ham kerak. Dramada obyektiv ibtidoning ustivorligi 
uning turli o'quvchilar tasawurida turlicha «sahnalashtirilishi»ga asos 
bo'ladi. Sahnalashtirilgan dramatik asarda badiiy muloqot zanjiri 
uzayadi: tomoshabin va dramaturg orasida rejissyor (aktyorlar, rassom, 
bastakor va h.k.) o'rinlashadi. Boshqacha aytsak, sahnalashtirilgan 
dramatik asar so'z san’ati doirasidan chiqib sintetiklik kasb etadi, 
sababki, endi unda teatr, rassomlik, musiqa san’atlari uyg'unlashib 
ketadi. Bundan ayon bo'ladiki, drama boshqa san’at turlari bilan o'zaro 
aloqada yashaydi va rivojlanadi. Zero, dramaning tabiati, ya’ni ijro 
uchun mo'ljallangani, uning shu san’at turlari bilan uzviy aloqada 
bo'lishini taqozo etadi.
Drama eposga ta’sir qilganidek, zamonaviy dramaga epos ham 
sezilarli ta’sirini o'tkazgan. Dramatik tur takomili jarayonida uning 
epik elementlar hisobiga boyib borishi kuzatiladi. Zamonaviy dramada, 
xususan, eposga xos voqealar yuz beradigan joylar ko'lamining 
kengayishi, syujet vaqtining uzayishi kuzatiladi. Masalan, 
Cho'lponning «Yorqinoy» dramasi voqealari kechadigan joylaming 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling