Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


rivojlanish vaqti ham chegaralangan, shu bois ham syujet voqealari


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

rivojlanish vaqti ham chegaralangan, shu bois ham syujet voqealari 
sabab-natija munosabatlari asosida konsentratsiyalanadi. Voqealar 
orasidagi sabab-natija munosabati esa ularning makon va zamon 
jihatlardan-da yaqin bo'lishini taqozo qiladi. Dramaturg asami yaratish 
jarayonidayoq uning syujet voqealari ijro vaqtiga sig'ishi masalasida 
qayg'urishi darkordir. Shunga ko'ra, dramatik asarda syujet 
voqealarining keskin konfliktlar asosida shiddat bilan rivojlanishi 
zaruratga aylanadi. Bundan tashqari, dramatik asardagi syujet voqealari 
yuz beradigan makon ham cheklangan, ya’ni voqealar sahnada shartli 
qayta yaratish mumkin bo'lgan (ya’ni sahna ustalari, rassom 
tomonidan o'sha joy illyuziyasini hosil qila oladigan dekoratsiyalami 
ishlashi mumkin bo'lgan) makonda kechadi. Buning ustiga, harakat 
makoniy o'zgarishlar jihatidan ham cheklangan, ya’ni dramatik asar 
voqealari ko'pi bilan to'rt-besh joydagina kechishi mumkin. Masalan,


«Nurxon» dramasidagi voqealar asosan ikki joyda: hojining hovlisi 
va Nurxonning Samarqanddagi kvartirasida kechadi; «Yorqinoy» 
dramasidagi voqealar esa besh joyda: 0 ‘lmas botiming qo‘rg‘on 
boqchasi, boshqa bir boqcha, Nishobsoy begining boqchasi, shu 
bekning haram uylaridan biri, Po'latning qarorgohi va xon saroyida 
kechadi. Odatda, bir parda davomida sodir bo'luvchi voqealarning 
bitta joyda kechishini, syujet voqealari ayni shu joylar bilan bog‘liq 
holdagina rivojlanishini e’tiborga olsak, bu narsa dramatik asarning 
syujet qurilishini belgilaydigan asosiy omil bo'lib qolishi anglashiladi.
Dramaturgda asarda jonlantirmoqchi bo‘lgan hayot materialining 
barcha unsurlarini ham sahnada qayta yaratish imkoniyati mavjud 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling