Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


emas. Shunga ko‘ra, dramatik asar awalboshdanoq «shartlilik» kasb


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/181
Sana23.09.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1685579
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   181
Bog'liq
1b0e79145e1d2c06c937d2f1838d8a77 ADABIYOTSHUNOSLIKKA KIRISH

emas. Shunga ko‘ra, dramatik asar awalboshdanoq «shartlilik» kasb 
etadi. Ya’ni muallif mavjud ijro imkoniyatlaridan foydalanib, ayrim 
ishoralar orqali tomoshabin (o‘quvchi) tasawurida ko‘p narsalarni 
uyg‘otishi, bevosita sahnada jonlantirilishi mumkin bo‘lgan voqealami 
to‘ldirishi zarur bo‘ladi. Masalan, avtor remarkalarida «sahna ortida 
otlar dupuri, qilichlar jarangi», «sahna ortidan keskin to'xtagan 
mashina ovozi eshitiladi» qabilidagi ishoralar beriladi, ularning 
yordamida sahnada jonlanmagan narsani shartli (ya’ni o‘quvchi 
tasawuridagina) jonlantirish mumkin bo‘ladi. Shunga o'xshash, 
syujetga kiritishning imkoni bo'lmagan voqea haqida personajlar tilidan 
muxtasar hikoya qilinishi ham shartlilikning tag‘in bir ko‘rinishidir. 
0 ‘z navbatida bu shartlilik personaj nutqiga ham ta’sir qiladi: deylik. 
personajlaming har ikkisi ham o‘sha voqeadan xabardor, shunga 
qaramay, ulaming «suhbati» o'quvchi (tomoshabin)da tasawur hosil 
qilish uchun zarur va shu zaruriyat suhbatni tabiiylikdan chiqishiga, 
shartlilik kasb etishiga olib keladi. Umuman, tafsilotlami ko'proq shu 
yo'sin (personajlar tilidan) berish majburiyati dramatik asar 
personajlari nutqining biroz «sun’iy» bo'lishiga olib keladi. Asosiy 
nutq shakli bo'lmish dialogik nutq bilan bir qatorda, dramatik asarda 
monologik nutq ham qo'llanadi. Monologik nutq shaklida ko'pincha 
personajlaming mushohadalari beriladiki, haqiqatda kishining ongida 
kechuvchi bu jarayonning sirtga chiqarilishi - ovoz chiqarib o'ylash 
ham shartlilikning bir ko'rinishidir. Ayni paytda, dramadagi monologik


nutq qurilishida muayyan o‘ziga xosliklar mavjud. Zero, bu nutq 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling