baholash natijasi o'laroq yuzaga kelgan, asarning butun to'qimasiga
singdirib yuborilgan ruh tushuniladi. Bu jihatdan qaralsa, tragediya
tragik pafos bilan, komediya satirik yoki yumoristik pafos bilan, drama
dramatik pafos bilan yo'g'rilgan bo‘ladi. Pafos atamasini qo‘llashdagi
ma’no turlichaligini e’tiborga olib, biz «asosiy estetik belgi»
tushunchasini qo'llashni ma’qul ko'ramiz.
Tragediya (gr.- «echki qo'shig'i») qadimdayoq shakllangan
dramatik janr bo'lib, genetik jihatdan u ma’bud Dionisning o'limi va
qayta tirilishi munosabati bilan ijro etilgan marosim qo'shiqlari asosida
yuzaga kelgan. Tragediyaning janr xususiyatlari tragik konflikt, tragik
holat va tragik qahramon tushunchalari bilan belgilanadi. Tragik konflikt
deganda mohiyatan yechimi yo'q, mavjud sharoitda hal qilib
bo'lmaydigan ziddiyat tushuniladiki, u har vaqt qahramon ongida
kechadi. Qadimgi tragediyalarda konflikt shaxs va taqdiri azal o'rtasida
(mas., «Shoh Edip») kechgan bo'lsa, keyinroq bu konflikt
tomonlarining ikkinchisi o‘zgardi: taqdiri azal o‘mini endi shaxsdan
yuqori turuvchi oliy ma’naviy kuchlar (bunda yozilmagan, biroq
inson hayotini muayyan tartibga soluvchi ma’naviy qonun-qoidalar,
masalan, burch hissi kabilar nazarda tutiladi) egallaydi. Tragik konflikt
asosida yuzaga keluvchi tragik holatning mohiyati shundaki, qahramon
tashqi kuchlar bilan emas, o‘zi bilan o‘zi olishadi, mana shu olishuv
oqibati oiaroq chuqur ma’naviy iztirob, ruhiy qiynoqlarga duchor
bo'ladi. 0 ‘zining foje holatida ham maqsad sari intilishlik, ruhiy
iztiroblaru qiynoqlarga qobillik tragik qahramonga xos xususiyatdir.
Tragik qahramon qarshisida erkin tanlov imkoniyati mavjud — u
Do'stlaringiz bilan baham: |