olti bora o'zgarishi unda epik elementlaming salmoqliroq
(mas.,»Nurxon»ga nisbatan) ekanidan dalolatdir. Yoki Uyg'un va
Izzat Sulton hamkorligida yaratilgan «Alisher Navoiy» dramasida
voqealarning yuz berish vaqti sezilarli uzaytirilgan. Faqat shunisi
borki, mualliflar janr talabidan kelib chiqib, Navoiy hayotining
turli davrlariga oid faktlami uzviy davomiylikda berganlar. Natijada
ulug‘ shoiming hayot yo‘li bilan tanish bo‘lmagan kishilar spektaklni
tomosha qilganlarida undagi voqealar orasidagi «vaqt bo‘shlig‘i»ni
sezmaydilar, ulami qisqa vaqt oralig'ida sodir bo‘lgandek qabul qiladilar.
Ko'ramizki, bu o'rinda syujet vaqtining uzaytirilishi asami qabul
qilishning ruhiy mexanizmlariga o ‘zgartirish kiritolmaydi, «vaqt
bo‘shlig‘i» qahramonlar qiyofasidagi o'zgarishlar hisobigagina beriladi,
ya’ni bunda ham shartlilik kuchayadi. Ko‘ramizki, drama epik unsurlar
hisobiga boyishi mumkin, faqat bu unsurlami kiritish ijro vaqti va
shartlilik imkoniyatlari bilan ma’lum ma’noda cheklangandir.
Dramatik turning asosiy janrlari sifatida tragediya, komediya va
drama («drama» atamasi ham adabiy tur ma’nosida, ham o'sha turning
bir janri ma’nosida qo‘llaniladi) ko'rsatiladi. Dramatik asarlarni
janrlarga ajratishda ulaming asosiy estetik belgilariga tayaniladi.
Tragediyaning asosiy estetik belgisi — tragiklik, komediyaning asosiy
estetik belgisi — komiklik, dramaning asosiy estetik belgisi dramatiklik
sanaladi. Aytish kerakki, adabiyotshunoslikka oid ishlarda biz «asosiy
estetik belgi» deb atagan narsa ko‘proq pafos deb yurtiladi. Pafos
deganda, tasvirlanayotgan xarakterlarni milliy va umuminsoniy
ahamiyatini e’tiborda tutgan holda g‘oyaviy-hissiy idrok etish hamda
Do'stlaringiz bilan baham: |